So’nggi yangiliklar

16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  8 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1

Srechko Katanec: "Turnir so'ngiga qadar barchaga imkoniyat berishga harakat qilaman" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Turnir so'ngiga qadar barchaga imkoniyat berishga harakat qilaman"

Osiyo Kubogi saralashi 1-turi doirasida O'zbekiston - SHri-Lanka uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Srechko Katanec o'z fikrlarini bildirdi.

- O'zingiz ko'rdingiz, o'yin yaxshi ruhda o'tdi, futbolchilarga rahmat aytaman, ular professional o'yin namoyish etishdi. Men o'yin tugaguncha g'alabaga ishonmayman, falsafam shunday. Qolaversa, raqib posboni yaxshi o'yin namoyish etdi.

Masharipov: - Bu bosqichda ilk bor o'ynashimiz. Endilikda qaytadan jamoa shakllantirib, Yaponiya, Koreya singari jamoalarga qarshilik qila oladigan jamoa shakllantirib, yangi bosqichga chiqmoqchimiz.

- Asosan gollar standartdan kiritildi. Mashg'ulotlarda shunga ko'proq urg'u berilganmidi?

Masharipov: - Gol ursak, jamoa ochiq o'yin namoyish etishga majburligini bilardik. Mashg'ulotdan keyin qolib standartlar ustida ishlaymiz, zamonaviy futbolda standart penaltiga teng.

- Bugun maydonda O'runovni ko'rmadik.

Katanec: - Javobim oddiy. Boshqa o'yinchilarga imkoniyat berdim. Turnir so'ngigacha barchaga imkoniyat berishga harakat qilamiz.

- Bugungi jamoa niyati hujumga qaratildi, reja shu edimi, o'yinchilardan qoniqdingizmi?

- O'zim ham hayronman, bunday jamoalarga qarshi tayyorlash qiyin. Ular himoyada yotadigan jamoa. Ularning asosiy maqsadi kamroq gol o'tkazish. Raqib qo'rqdi maydonga chiqishga. Ikkita jarima zarbasidan so'ng gol urdik. Bunday bahslarda har narsa bo'lishi mumkin. Kuchsiz jamoa bitta zarba bilan ham jazolashi mumkin.

- Jamoaning o'zagi shumi yoki uni shakllantirish yana davom etadimi?

- Haligacha jamoa shakllanishda davom etmoqda. SHukurov, SHomurodov, Masharipov kabi futbolchilar jamoaning asosiga aylandi. O'ylaymanki, bular bilan jiddiyroq natijaga erishamiz. Bizda yosh talantli futbolchilar ham ko'p. Terma jamoaga nafaqat jamoaviy o'ynaydigan, balki individual o'yinchilar ham kerak, chunki bularsiz pas bilan natijaga erishib bo'lmaydi. 

- Championat.asia saytida Argentinaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi qoldirilgani haqida o'qidik. Bunga sabab nima?

- Bu haqda birinchi eshitishim, xabarim yo'q edi. Bizni oldinda yana ikki saralash bahsi kutib turibdi. Menga aytishicha, Maldiv yaxshi o'yin ko'rsatibdi. Argentina haqida esa hozir sizdan eshitdim.

- Biz faqatgina bitta hujumchi — SHomurodovga asoslangan tarkibga o'rgandik. Kuchsizroq jamoalarga qarshi boshqacha taktika sinab ko'rish maqsadga muvofiq emasmi?

- Bu haqda o'ylab ko'ramiz. Men futbolchilarning holatini yaxshi bilaman hamda tarkibdan kelib chiqib qaror qabul qilaman.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика