So’nggi yangiliklar

13:17Флик ёзда "Барселона"ни тарк этмоқчи  0 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  2 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  4 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  5 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  31 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  7 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   34 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   10 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   6 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  15 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  178 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0

Srechko Katanec: "Suriya to'qson daqiqa himoyalandi. Qanday gol urishni bila olmadik" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Suriya to'qson daqiqa himoyalandi. Qanday gol urishni bila olmadik"

Osiyo kubogi birinchi turidan o'rin olgan O'zbekiston - Suriya (0:0) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec matbuot anjumanida qatnashdi.

- Janob Katanec, o'yin haqidagi fikringiz qanday?

- Natijadan qoniqmadim. Butun o'yin davomida hujumlar qilaverdik, ammo gol ura olmadik. Yigitlarga hech narsa deya olmayman. Suriya 90 daqiqa himoyalandi. Qanday gol urishni bila olmadik. Boshqa aytadigan gapim yo'q.

- Bugun Eldor yo'q edi. Terma jamoangizning asosiy o'yinchisiz o'ynash qanchalik qiyin bo'ldi?

- Eldor eng muhim o'yinchimiz edi. U O'zbekiston termasiga kelganimdan beri 10-15 ta gol urdi. Eldor har safar jamoaga ko'proq narsa beraverardi. Jamoada eng zo'r hujumchingiz bo'lmasa, doim qiyin bo'ladi. Bunday musobaqalarda Eldorsiz muammolarga duch kelishimiz aniq edi. Argentina ham Messi bo'lmasa umuman boshqa jamoaga aylanadi. Bizda ham holat shunday.

- Beshta himoyachi bilan o'ynash rejasi qanchalik o'zini oqladi?

- Reja juda zo'r o'xshadi. Beshta himoyachi bilan o'ynamadik. Uchta himoyachi va ikkita lateral edi.

- Suriya terma jamoasi ko'rsatgan o'yin haqida fikringiz qanday?

- Men raqib bunchalik zich himoyalanishini kutmagandim. Bu noqonuniy emas, albatta. Suriya terma jamoasi shunchaki bunker qurdi. Siz raqib qanday o'ynasa, shunga moslashishingiz kerak. Himoyaviy o'ynash ayb emas. Tajribamda ko'p o'yinlarni shu tarzda yutqazganman.

- Birinchi turdan so'ng guruhdagi vaziyat haqida fikringiz qanday? Ikkinchi turda Hindistonga qarshi o'yin o'tkazasiz. Bu o'yin haqida qanday fikrdasiz?

- Normal fikrdaman. Ularni mag'lub qilishimiz kerak. Men bazan atrofdan terma jamoalardagi muammolar haqida har xil gaplar eshitib qolaman. Kimnidir tanqid qilishdan oldin uning holatini bilishimiz kerak. Sizning savolingizni esa to'g'ri tushundim. Hindistonni mag'lub qilishimiz kerak. Maydonda futbolchilar o'ynashadi va gol urishni ular uddalashlari lozim.

- Siz terma jamoa ichidagi muammo deganda O'zbekiston terma jamoasidagi muammo haqida gapirdingizmi?

- Men umumiy qilib aytdim. Bizda hammasi yaxshi.

- Birinchi o'yin juda muhim dedingiz. Ustunlik qilgan bo'lsangiz ham g'alaba bugun qozona olmadingiz. Bu jamoaga ruhan tasir qilishi mumkinmi?

- Yo'q, tasir qilmaydi. Bizda hammasi yaxshi. Bir ochkoni qo'lga kiritdik.

- Bugungi o'yindagi hujumchilarning o'yinidan qoniqdingizmi? Butun o'yin davomida ikki marta aniq zarba bera oldik. Masalan, nega Sergeevga kech imkoniyat berildi?

- Bizda hujumchilar bilan muammo bor, gol urishda qiynalyapmiz. Muammo faqat hujumchilarda emas. To'p bilan sekin muomala qilyapmiz, biroz tezkorroq harakat qilish kerak. SHundagina, bo'sh zonalar ochib, gol urishimiz mumkin bo'ladi.


Jalolxon Inog'omxo'jaev yozib oldi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика