So’nggi yangiliklar

17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  0 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  0 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  0 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  9 14:50"Арсенал" 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  2 14:25ЖЧ йилида ПФЛ режаларида ўзгаришлар бўлиши мумкин: ташкилот 3 та вариантни илгари сурди  3 14:12Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғин бошлади  0 13:51Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  1 13:31"Андижон" "Қўқон-1912" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 13:17"Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  1 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  9

Srechko Katanec: "Eng zaif chizig'imiz – himoya? Bu fikringizga to'liq qo'shilmagan bo'lardim" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Eng zaif chizig'imiz – himoya? Bu fikringizga to'liq qo'shilmagan bo'lardim"

O'zbeiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanec "Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi Ugandaga qarshi final bellashuvidan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Fikrimcha, juda yaxshi o'ynadik. Yaxshi uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol urdik. O'ylaymanki, 6 ta gol urilgan o'yin muxlislarga manzur keldi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman!

Birinchi taymda juda shiddatli o'yin ko'rsatdik. Biz g'alabaga loyiq edik. Uganda oddiy terma jamoa emas, buni o'zingiz ko'rdingiz. Tanaffus paytida futbolchilardan yanada faol bo'lishni talab qildim. Sustkashlikka yo'l qo'ygan vaziyatlarimizda ular bizni jazolashdi. 

Bu o'rtoqlik musobaqasi juda muhim edi, men ko'plab futbolchilarni sinab ko'rdim. 

- Nazdimizda, eng zaif chizig'imiz – himoya. Bu borada nima deya olasiz?

- Bu fikringizga to'liq qo'shilmagan bo'lardim. Himoyamiz bilan hammasi joyida. To'g'ri, gol o'tkazib yubordik, ammo bu himoyadagi xatolar tufayli bo'lmadi. Agar ular urgan birinchi golni ko'rganingizda bunday demagan bo'lardingiz. Ugandaning ikkinchi goli chiroyli chiqdi, himoyachilarimiz to'sqinlik qila olishmadi. 

- O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechgan o'yinga qaraganda Uganda bilan bahsda yaxshiroq o'ynadi...

- Bu borada hozir aniq bir fikr bildira olmayman. Ammo Qirg'iz Respublikasi bilan o'yinda yaxshi o'ynagandik. Afsuski, birinchi taymda gol ura olmadik, tezkor gol o'tkazdik. Biroq bu futbolda uchrab turadigan holat. Birinchi taymda ancha shiddatli o'ynadik, ko'p imkoniyatlar yaratdik. Raqib himoyaga etibor qaratgani tufayli qiyinchilikka uchradik. Ilgari mashhur bo'lmagan jamoalar ham hujumga o'tishga urinishardi, ammo bugungi kunda himoyaga "yotib olish" ko'payib ketdi. Oldin bu uyat sanalardi.

- Bu o'yinlar Osiyo Kubogi saralashi oldidan o'tkazildi. Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi darajasini qayday baholaysiz? 

- Boshqa jamoalarni o'zimiz bilan taqqoslay olmayman. Men asosan, o'z terma jamoamizga etibor beraman. Bizda mahoratli futbolchilar yig'ilgan. Muhimi, jarohatlar kuzatilmasligi. 

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика