Srechko Katanec Bunyodkor stadionida bo'ldi
19 avg 2021 16:53
Yangiliklar
Srechko Katanec Bunyodkor stadionida bo'ldi
O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilayotgan Srechko Katanec Toshkentga etib kelganidan xabaringiz bor.
Bugun sloveniyalik mutaxassis O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hamrohligida «Bunyodkor» stadioniga tashrif buyurdi.
Srechko Katanec «Bunyodkor» futbol akademiyasi, stadioni va klubi faoliyati, infratuzilmasi, har bir maydon holati, futbol mashg'ulotlari uchun yaratilgan barcha sharoitlarini ko'zdan kechirdi.
Fikrlar