So’nggi yangiliklar

20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  2 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  5 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  2 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  7 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  5 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  7 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  1 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  3 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  7 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Srechko Katanec: "Bugun maydonda "Navbahor" o'ynadimi yoki terma jamoa?" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Bugun maydonda "Navbahor" o'ynadimi yoki terma jamoa?"

"Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Srechko Katanec matbuot anjumanida qatnashdi.

"Qisqa gapiraman. Taassurotlarim yaxshi. Futbolchilarni g'alaba bilan tabriklayman. Juda shiddatli o'yin namoyish etdik, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Hisobda ortda qolayotganimizda ham yaxshi o'ynadik. Afsuski, birinchi bo'limda imkoniyatlardan foydalana olmadik. Asosiysi - g'alaba", - deydi Katanec. 

- Tezkor gol rejalarga tasir qildimi? 

- Albatta, o'yin boshida gol o'tkazilganida barchaga shok bo'ladi. Bo'lib turadigan holat. Agar ko'p narsa kutishgan bo'lsa, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Terma jamoadan o'yindan oldin ko'p narsa kutmaslik kerak, Italiya kecha kimga yutqazdi? Futbolda bunday narsalar bo'lib turadi. Kichik jamoalarga qarshi 8:0, 7:0 hisoblari qayd etilmaydi. Agar FIFA reytingida 200-o'rindagi jamoaga qarshi o'ynasak ham jiddiy yondoshib yutishimiz kerak. 

- "Markaziy" stadion maydoni xalqaro talablarga javob berar ekanmi? 

- Maydon yashil ko'rinmoqda, ammo ikkinchi o'yinda qaynday bo'lishi kerak bo'lsa, undan yomonroq holatda. Maydonni bahona qila olmaymiz. Doim to'pni tez harakatlantirdik, albatta, bazi xatolar bo'ldi.

- Bugun jamoa turlicha o'ynadi. Bundan tashqari markaziy yarim himoyachilar yaxshi o'ynay olishmadi, SHomurodov almashtirilganidan keyin Sergeev ham yaxshi o'ynaganini ko'rdik. 

- SHukurov va Hamrobekov o'rtasida balans topish kerak. Agar o'zimizni "xarakiri" (yaponcha so'z - "fido qilish") qilmoqchi bo'lsak, to'rt himoyachi oldidagi ikki tayanch yarim himoyachini oldinda o'ynatsak o'zimizni "o'ldirib" qo'yamiz. Bizda barcha statistik malumotlar bor. Gol tayanch yarim himoyachilarning xatosi tufayli bo'lmadi. Xatolarimizni bilaman, ularni shu poziciyadagi eng yaxshi o'yinchilarimiz deb hisoblayman. 

- Kechagi matbuot anjumanida "o'rtoqlik o'yinlarida men uchun natija muhim emas" degandingiz. Bugun uchinchi goldan keyin beshinchi himoyachini tushirdingiz, demak bugun aynan natija uchun o'ynadingiz deyish mumkinmi?

- Birinchi navbatda kecha doim natija uchun o'ynaymiz deb aytdim. Nima uchun bunchalik katta bosim bo'lishi kerak, chunki o'rtoqlik o'yinlarida o'yinchilarni sinab ko'rishimiz kerak. Terma jamoa doim qo'llab-quvvatlanishi kerak, barcha muxlislar tomonidan, chunki futbolchilar muxlislardan qo'llab-quvvatlashni his qilishi kerak. Bugun maydonda "Navbahor" o'ynadimi yoki terma jamoami, tushunmay qoldim. Iltimos, kim terma jamoa o'yinlariga kelsa terma jamoani oxirigacha qo'llab-quvvatlasin!

Reyting: +88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика