So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  18 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  222 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Eldor Moyliev: "Uchrashuvning 17:00ga qo'yilgani ikki jamoaga ham noqulay bo'ldi" Yangiliklar

Eldor Moyliev: "Uchrashuvning 17:00ga qo'yilgani ikki jamoaga ham noqulay bo'ldi"

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Ishtixon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Eldor Moyliev fikrlarini bildirdi.

"Bugungi o'yinning ikki bo'limi ham nazoratimiz ostida o'tdi. To'psiz, to'p bilan ham uchrashuv tizginini ushlab turdik degan bo'lardim. Bellashuvni soat 17:00ga qo'yilgani nafaqat bizga balki raqib jamoaga ham qiyinchilik tug'dirdi. Shu jumladan yigitlarga katta rahmat aytaman. Bu ularning yutug'i va mehnatidir. O'yin uchun minnatdorchilik bildiraman",- deydi Eldor Moyliev.  

- Mutaxassis sifatida o'yinni 17:00ga belgilanganligiga munosabatingiz qanday? Bu o'yin sifatiga tasir qiladimi? 

- Albatta, bu o'yin sifatiga qattiq tasirini o'tkazadi. Har bir vaziyatdan so'ng tiklanish qiyin kechadi. Tiklanishga ko'proq vaqt sarflanadi. Issiqda futbol o'ynash juda qiyin. 

- Futbolchilarga nechta gol urish vazifasi qo'yilgandi? "Ishtixon" "Sho'rtan"dan pastroq darajadagi klub hisoblanadi... 

-  Past darajada demagan bo'lardim, chunki u erda futbol o'ynaydigan yigitlar bor. Murabbiy ham yosh. "Mashal" bilan o'yinini ko'rganimizda iliq taassurot qoldirgandi. Biz futbolchilarga malum bir miqdorni aytmaymiz. Lekin bizga gol juda zarur edi. Ruhiyatimizni ko'tarish uchun kerak edi. Futbolchilar o'zi yaratgan vaziyatlardan foydalanib ishonchni qaytarishdi.  

- Anvar Berdiev tanlagan tarkib bilan sizniki nimasi bilan farq qiladi?  

- O'sha bitta tarkib, lekin bugun kubok bo'lgani uchun yoshlarga imkon berdik. Ular o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. Birinchi gol ham yosh futbolchimizning harakatidan so'ng urildi. Keyigi gollarda ham yoshlar qatnashdi. 

- Shohjahon Sultonmurodovning harakatlari qanday taassurot qoldirmoqda?  

- U bizning haqiqiy etakchi o'yinchimiz. Markazda 3 nafar himoyachi bilan o'ynaganimizda ham, ikkinchi bo'limda taktikamizni o'zgartirganimizda o'ngda yaxshi to'p tepdi. Tirishqoq, tezkor, yuqorida yaxshi o'ynaydi. Mehnat qilishdan to'xtamasa milliy jamoaga nomzod bo'la oladi.  

- Anvar Berdiev intervyusida hujumkor o'ynashini aytgandi. Lekin taroziga natija va tomoshabop o'yin qo'yilganida qaysi birini tanlaysiz? 

- Futbol millionlar o'yini. Biz o'zbekmiz. Muxlislarga hujumkor o'yin yoqadi. Lekin futbolning ajralmas qismi himoya. Orqani nolga ushlaganda durangga erishiladi. Umuman olganda hujumkor futbol tarafdoriman. Shu bilan birga himoyada ham mustahkam o'ynatishga harakat qilamiz.  

- "Sho'rtan" shu vaqtgacha nimaning hisobiga g'alabaga erisha olmay kelayotgandi? 

- Bunga ko'p narsalar bog'liq. Qaerdadir omad etishmadi. Biz har bir o'yinda yomon o'ynamadik. "Paxtakor", "So'g'diyona" bilan o'yin sifatida yomon ko'rinmadik. Ammo vaziyatlarni yakunlashda iqtidormi yoki erkinlik etishmadi. Hujumni yakunlashda qiynaldik.  

- Davralar oralig'ida hujumchiga ehtiyoj bormi? 

- Nafaqat hujum boshqa poziciyalarga ham sifatli futbolchilarni kuzatib boryapmiz. "Sho'rtan" rahbariyati, muxlislar uchun g'alaba muhim. Baribir jamoani kuchaytiramiz. 

- Hozir vaqtinchalikka tayinlandingiz. Rahbariyat oldingizga aniq vazifa qo'ydimi? 

- Rahbariyat doim chiroyli o'yin va g'alabalar orqali muxlislar ruhiyatini ko'tarish vazifasini qo'yadi. Shaxsan o'zimga aniq vazifa qo'yilmagan. Lekin g'alabani har bir rahbar istaydi. Rahbarimizni yuzini yorug' qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.  

 - "Sho'rtan"da vaqt va imkoniyat etarlimi? 

- Turnir jadvalini olsak, jamoalar uzoqlashib ketmagan. 2 ta g'alaba orqali etib olish mumkin. Men futbolchilarga ishonaman. Bu ish qilsa bo'ladigan ish. Tarkibimizda iqtidorli futbolchilar bor.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика