​Alonso "Real"ga qaysi futbolchilarni olib kelmoqchi?

Sherzod Nurmatov
15 may 2025, 16:26
"Real"ning bo'lajak bosh murabbiyi Xabi Alonso klub rahbariyatiga o'zining transfer maqsadlarini aytib o'tdi.

Bu haqda "El Nacional" xabar bermoqda.

Mutaxassis 3 nafar yangi himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Uning ro'yxatiga Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Din Xyoysen ("Bornmut") va Alvaro Karreras ("Benfika") kiritilgan.

"Qaymoqranglilar" ispaniyalikning himoyani kuchaytirish zarurati borasidagi fikriga qo'shiladi. Biroq transferlar bo'yicha yakuniy qarorni klub rahbariyati qabul qiladi.

Shu bilan birga, "qirollik klubi"da ham "chiqish" transferlari bo'ladi. Ulardan biri Lukas Vaskes bo'lishi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional