“Sporting” sobiq azosi: “Ronaldu biz bilan birga ovqatlanmasdi, u o'z dunyosi bilan yashardi”
24 dek 2022 09:05
Yangiliklar
“Sporting” sobiq azosi: “Ronaldu biz bilan birga ovqatlanmasdi, u o'z dunyosi bilan yashardi”
2001-2005 yillarda “Sporting” sharafini himoya qilgan forvard Marius Nikulae sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduni esga oldi.
“U kirishuvchan emasdi. Doimo uni birga ovqatlanish uchun stolga taklif qilardik. Hech bo'lmasa bir marta biz bilan ovqatlanishi kerak edi, ammo u o'z dunyosida yashardi. Sport zaliga bir o'zi borardi. Mashg'ulotlardan keyin jamoa bo'lib qaergadir borardik, u biror marta ham bizga qo'shilmagan.
O'qiganlarimga ko'ra, u “Al Nassr” yoki AQSHni tanlashi mumkin deb o'ylayman. U o'zini Gollivudga bag'ishlashga qarshi bo'lmasa kerak”, deydi Ruminiya TJ sobiq o'yinchisi.
Fikrlar