“Sporting” - Portugaliya superkubogi sohibi
01 avg 2021 07:24
Yangiliklar
“Sporting” - Portugaliya superkubogi sohibi
Portugaliya Superkubogi uchun kechgan hal qiluvchi bahsda “Sporting” va “Braga” kurash olib bordi.
“Munisipial-di-Aveyru”(Aveyru) stadionida kechgan bellashuvda lissabonliklar 2:1 hisobida g'olib chiqishdi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida “Braga” vakili Franserjio hisobni ochgan bo'lsada, keyinchalik Jovani Kabral va Pedru Gonsalesh raqib “Braga” darvozasini aniq nishonga olib, jamoasining Superkubogda g'olib chiqishiga munosib hissa qo'shishdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra “Sporting” Portugaliya chempionatida ham g'oliblikka erishgan. Undan keyingi pog'onalarni “Portu” va “Benfika” band etishgan.
Fikrlar