"Sport Ekspress" muxbiri: “Bizda jahon chempionatiga etibor yuqori emas”
27 okt 2013 17:00
Yangiliklar
"Sport Ekspress" muxbiri: “Bizda jahon chempionatiga etibor yuqori emas”
BAAda davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining guruh o'yinlarini O'zbekiston terma jamoasi Fujayrada o'tkazdi.
Guruhdagi oxirgi bahs Xorvatiyaga qarshi kechdi va bunda vakillarimiz raqib ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Bizning o'yindan oldin bu stadionda “D” guruhining 3-turidan o'rin olgan Venesuela – Rossiya bahsi ham o'tkazildi.
Albatta, rossiyaliklarga befarq emasmiz, shu bois ularning ham o'yinini ko'rish maqsadida 24 oktyabr kuni Dubaydan ancha vaqtli yo'lga chiqdik. Mahalliy vaqt bilan chamasi 14:00ga yaqin Fujayraga etib keldik. Stadiondagi birinchi o'yin 17:00da boshlanishini etiborga olsak, hali uch soat vaqt bor edi. Umuman olganda, stadion shaharning biroz chetroq qismida joylashgani uchun bu erda kishini hayratga soladigan biror narsa ko'rmaysiz. Hamma joydagi kabi bu erda ham hayot bir maromda davom etib turibdi.
Stadionga etib kelganimizda FIFA va mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan ajratilgan matbuot vakillari endi o'z ishlarini boshlashayotgan ekan. BAAning har bir stadionida jurnalistlar uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan. Bu erda ish bilan bo'lib vaqt tez o'tib ketganini ham sezmay qolasan. Soat 15:30da biz ishlab o'tirgan xonaga rossiyaliklar kirib kelishdi. Ularni tanish uchun akkreditaciyadagi ism-familiyasi va millatiga qarash shart emas, shundoq yuz ko'rinishidan rus ekanligi bilinib turadi.
Xonaga avval ikki kishi kirdi. Tanishdik. Biri Rossiya o'smirlar terma jamoasi matbuot kotibi, ikkinchi federaciyaning suratkashi ekan. Ayniqsa, o'yin kunlari matbuot kotiblarining ishi birmuncha ko'p bo'ladi. Buni yaxshi tushungan holda ularni ko'p ham bezovta qilmadik va faqat “Rossiyadan birorta jurnalist kelganmi?” deb so'radik. SHunda matbuot kotibi “Ha” deb javob berdi va birozdan so'ng qo'shib qo'ydi: “Bir pasdan so'ng kelib qolsa kerak”.
Oradan ko'p o'tmay, matbuot anjumanlari tashkil qilinadigan xonaga yoshroq, jingalaksoch yigit kirib keldi. Bahonada u bilan ham tanishib oldim. Rossiyaning eng nomdor sport nashrlaridan biri “Sport Ekpress” gazetasi va sayti muxbiri Filipp Papenkov ekan. Odatda ruslar bilan til topishib ketish qiyin kechmaydi. Birinchidan, tilni bilamiz, ikkinchidan, bir-birimizga begonadek qaramaymiz. O'qishga zerikarli bo'lmasligi uchun Papenkov bilan suhbatimizni intervyu shaklida keltirib o'taman.
- Rossiya o'smirlar termasi guruhdagi dastlabki ikki o'yinda mag'lub bo'ldi. Buni esa hech kutmagandik.
- To'g'risi, o'zim ham hayronman nima bo'lganiga. Vaholanki, har ikkala bahsda ustunlik biz tomonda bo'ldi. Golga tortadigan ko'plab vaziyatlar yaratdik, biroq to'p darvozaga kirmagandan keyin na iloj.
- Balki Yaponiya va Tunis Rossiyadan kuchli ko'ringandir?
- Faqat tablodagi hisob ularning ustun ekanligini ko'rsatdi xolos, ammo o'yin borasida bunday olmayman. Biz ko'p hollarda kuchliroq futbol namoyish etdik.
- Endi esa Venesuela ustidan g'alaba qozonishingiz hamda guruhda uchinchi o'rinni egallab ham keyingi bosqichga chiqish uchun boshqa o'yinlar natijasini kutishga to'g'ri keladi.
- Ha, endi bizga birmuncha qiyin bo'ladi. Agar Venesuelani mag'lub etsak, taqdirimiz O'zbekiston, Argentina kabi jamoalar qo'lida qoladi. Yani, bu jamoalar ham g'alaba qozonishi talab etiladi. Lekin sizlarni ham oson o'yin kutmayotgani bor gap.
- Ha, albatta. Xorvatiya engil raqib emas, ammo futbolchilarimizning maqsadi faqat g'alaba qozonish. To'g'ri, bizni durang ham qoniqtiradi, biroq barchaning etibori faqat g'alabaga qaratilgan. SHu o'rinda bir narsani so'rasam degandim?
- Mayli, bemalol.
- Malumki, Rossiya futbolga befarq emas. Lekin shunday katta davlatdan turnirni yoritish uchun faqat bitta jurnalistning kelgani ochig'i meni juda ajablantirdi.
- To'g'risini aytsam, bunga o'zim ham hayronman. Guruhdagi birinchi o'yinni Yaponiyaga qarshi o'tkazdik. Yaponiyadan kelgan suratchi va jurnalistlarning ko'pligini ko'rib lol qoldim. Bizdan esa muxbir sifatida faqat men kelganman. SHunda ham “Sport Ekspress” meni nashriyot hisobidan mehnat safariga jo'natgani yo'q. Balki ota-onam Dubayda istiqomat qilayotgani uchun ham ularni ko'rish, ham futbolni yoritish uchun o'z yonimdan xarajat qilib keldim. O'zim esa Moskvada yashayman.
- Qiziq, nahotki “Sport Ekspress”dek mashhur nashr loaqal bitta jurnalistga safar xarajatlarini qoplaydigan pulni bera olmasa?
- Gap unda emas. Bizda imkoniyat yaxshi, lekin yoshlar va umuman bolalar futboliga unchalik qiziqish yo'q. Bor-u, lekin juda yuqori emas.
- Yani?
- Yani, Rossiyada hamma milliy terma jamoa va premer-liga klublari haqida gapirishni istaydi. Gazeta, saytlarda ham asosan shular haqida yozishadi. Yoshlar, o'smirlar terma jamoalariga negadir bizda unchalik qiziqishmaydi. O'ylab ko'ring, Rossiya – o'smirlar o'rtasida amaldagi Evropa chempioni hisoblanadi. Lekin shu ham jurnalistlarni qiziqtirayotgani yo'q. Bizda milliy terma jamoaning jahon chempionatiga chiqqanini bong urib gapirishmoqda, ammo bu erda to'p surayotgan o'smirlarning ishtiroki borasida ko'p ham yozishmayapti. Agar men kelmaganimda ham baribir “Sport Ekspress” yonidan pul to'lab birovni jo'natmasdi.
- Bu borada bizda birmuncha yaxshi ekan. O'zbekistonda barcha turli yoshdagi terma jamoalardan g'alaba kutadi. Bizda hech bir klubga terma jamoalardagi kabi etibor qaratilmaydi.
- Aslida ham shunday bo'lishi kerak. Odamlar biror davlatda futbol qanchalik rivojlanayotganiga avvalo terma jamoalar o'yini orqali baho berishadi. Pul bo'lsa yaxshi legionerlarni olib kelib, biror klubni chempion qilish mumkindir, lekin terma jamoa xalqaro maydonlarda o'zini ko'rsatmas ekan, bundan nima foyda? To'g'risini aytsam, bizda BAAda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatiga etibor yuqori emas. Bu gap ayniqsa OAV xodimlariga tegishli.
Suhbatimiz shu bilan yakuniga etdi. Bu orada Rossiya – Venesuela bahsi ham boshlanay deb qoldi. Hamkasbim o'yin sharhini yozib o'tirish maqsadida media tribunaga chiqib ketdi. O'yindan oldin unga “Ko'ngilni cho'ktirish kerak, Rossiya Venesueladan ancha kuchli va yirik hisobda yutasizlar” dedim. Bunin qarangki, Rossiya raqibni 4:0 hisobida er tishlatdi. Avvalgi ikki o'yinda urolmagan gollarini ham shu uchrashuvda kiritdi. Bahs yakuniga etgach, hamkasbimni g'alaba bilan tabriklab qo'ydim. U esa quvonchini ichiga sig'dirolmay “Bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat tug'ildi, endi sizlar ham g'alaba qozonishinglar kerak” dedi. “Unday bo'lsa, shu erda qol va bizni qo'llab-quvvatla” qo'shib qo'ydim men ham.
SHu kuni soat 20:00da boshlangan O'zbekiston – Xorvatiya bahsini ko'rish uchun nafaqat “Sport Ekspress” muxbiri, balki Rossiya o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi, uning yordamchilari, terma jamoa matbuot kotibi, suratkashi va Rossiya klublaridan kelgan bolalar murabbiylari ham stadionda qolib, bizning o'smirlarga muxlislik qilishdi. Futbolchilarimiz kimsan Xorvatiyani 2:1 hisobida engishdi. Bundan biz ham quvondik, ruslar ham. Mana endi har ikkala jamoa nimchorak final o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ertaga Rossiya Abu Dabida musobaqaning eng asosiy favoritlaridan biri Braziliyaga qarshi to'p sursa, o'smirlarimiz SHarjada ko'pchilik uchun jumboq bo'lib turgan Gonduras bilan kuch sinashishadi. Har ikkala o'yin mahalliy vaqt bilan 20:00da boshlanadi. SHu o'rinda O'zbekiston va Rossiya o'smirlar terma jamoalariga omad tilab qolamiz.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar