So’nggi yangiliklar

14:53Ҳакамга эътироз билдираётган Хайрулла Каримов, ўйинни кузатаётган Рўзиқул Бердиев — ОКМКнинг "Сўғдиёна" билан баҳсдаги камбэкидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:30"Манчестер Сити" "Астон Вилла" билан ўйинга ҳозирлик кўрмоқда  0 14:02Расман: А Сериянинг бугунги ўйинлари Рим папаси вафоти сабабли қолдирилди  0 13:35Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон U-17 терма жамоасини Осиё чемпионлиги билан муборакбод этди  4 13:14Хорватия терма жамоасининг собиқ футболчиси ЙТҲда ҳалок бўлди  0 12:50​Ўзбекистонлик ҳакамлар Элит ОЧЛ финал босқичида ишлайди  2 12:32Осиё чемпиони бўлган Ўзбекистон U-17 терма жамоаси аъзоларига машина совға қилинади  36 12:19Аарон Рэмзи "Кардифф Сити"нинг ўйновчи мураббийи бўлади  1 11:51"Ливерпуль" "Ньюкасл"нинг нарх оширишидан чўчимади. Мерсисайдликлар Исакни сотиб олишни хоҳлаяпти  2 11:20"Лестер" бир мавсумдан кейин яна Чемпионшипга қайтмоқда  1 10:25Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 09:50«Манчестер Сити» испаниялик футболчига 200 миллион фунт тўлашга тайёр  9 09:22Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:57Суперлига. Бугун 6-тур якунланади  6 08:26ОФК президенти Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Осиё кубогида ғолибликни қўлга киритгани муносабати билан табрик йўллади  29

⚡️ Sport direktori bilan urushib ketgan murabbiy, SHomurodov va yana bir hujumchini qo'shib olishga yaqin bo'lgan “Torino”da nima gaplar? Yangiliklar

⚡️ Sport direktori bilan urushib ketgan murabbiy, SHomurodov va yana bir hujumchini qo'shib olishga yaqin bo'lgan “Torino”da nima gaplar?

Oldinroq, “Roma”ni tark etishi kutilayotgan Eldor SHomurodovga “Monca” varianti qulayroqligi haqida yozgandik.

Biroq, unga qiziqayotganlar orasida A Seriya debyutantining nomi yo'q va bu muallifning farazi xolos.

“Torino” esa o'zbekistonlikni qo'lga kiritish uchun “bo'rilar”ga rasmiy taklif ("Championat.asia" saytining Italiya futboli bo'yicha mutaxassisi Sergey Rumyancev insayd berdi) yubordi. Bunga sabablar etarlicha: birinchidan turinliklar ustozi Ivan Yurich “Jenoa”da ham futbolchi ham murabbiy sifatida faoliyat olib borgan, u Eldorning genuyaliklarda ko'rsatgan potencialidan xabardor, ikkinchidan esa jamoada sermahsul to'purar yo'q. 

Transfer narxi 20 mln evrolik bo'lgan Andrea Belottining klubda olib qolinmagani esa tushunarsiz. Italiya TJ azosi garchi yakunlangan mavsum (jarohatlar sabab) o'zini ko'rsatolmagan bo'lsa ham undan oldingi mavsumlarda yorqin o'yinlari bilan terma jamoa murabbiylar shtabi nazariga tushgandi. Xullas, asosiy forvard ketdi, endi kim keladi?

Avval asosiy jamoadagi hujumchilarga etibor qaratamiz:

Antonio Sanabria (26 yosh) – “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Paragvay TJ azosi o'tgan mavsum A Seriyada 29 bahsda 6+1 ko'rsatkich qayd etdi;

Demba Sek (21 yosh) – o'tgan mavsum yarmida SPALdan sotib olindi va A Seriyada 6 uchrashuvda qatnashdi. B Seriya 2021/22 yilgi mavsumidagi natijasi ham maqtanarli emas: 18 uchrashuvda 1+2 ko'rsatkich (vinger sifatida ham o'ynaydi);

Simone Verdi (30 yosh) – 2021/22 yilgi mavsum startini “Torino”da boshlab, so'ngra “Salernitana”ga ijaraga berildi. CHempionatda umumiy 18 o'yinda 6 ta gol urdi. Bu uning oxirgi yillardagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

Simone Edera (25 yosh) – o'tgan mavsumni “Torino” o'rinbosarlari safida o'tkazib, 4 ta o'yinda qatnashdi. U ijaraga ketish ehtimoli yuqori;

Simone Zaza (31 yosh) – oxirgi yillarda jarohatlar tufayli formasini ancha yo'qotgan taniqli futbolchilardan biri. U yakunlangan mavsum A Seriyada 10 ta uchrashuv o'tkazdi va ularning barchasida zaxiradan maydonga tushdi. Gol urish esa unga nasib etmadi;

Petro Pellegri (21 yosh) – asli “Monako”ga tegishli bo'lgan futbolchi mavsum boshini ijara asosida “Milan”da, keyin esa “buqalar” safida o'tkazdi. U iyuldan boshlab “Torino”ning to'laqonli azosiga aylandi. Yakunlangan mavsum A Seriyada 15 uchrashuvda atigi bitta gol urdi.

Ko'rib turganingizdek, oldingi chiziq bilan bog'liq muammolar etarlicha. Bosh murabbiy Yurich esa ko'p hollarda “3-4-2-1” hamda “3-4-3” sxemalarida o'ynashni xush ko'radi.

Hujumkorlik kuchaytirish uchun “Torino” SHomurodov bilan birga “Atalanta”da ishlari yurishmayotgan Aleksey Miranchukni ham olib kelishi mumkin. “Tranfermarkt” bo'yicha 27 yoshli o'zbekistonlik 8 mln, 26 yoshli rossiyalik esa 10 mln evroga narxlangan. Miranchuk markaziy hujumchi, hujumchi ortida va o'ng qanot vingeri sifatida o'ynay oladi. Eldorga esa ikkala qanot vingeri va forvard poziciyalari xos. 

Italiyada transfer dedlayni 31 avgustga belgilangan. SHomurodov va Aleksey kelgan taqdirda, yuqorida sanab o'tilgan hujumchilardan bazilari boshqa jamoalarga ketish ehtimoli bor.

Ikkisining statistikasi:

Aleksey Miranchuk o'tgan mavsum bergamoliklar safida 25 uchrashuvda 2+5 natijaga erishdi;

Eldor SHomurodov o'tgan mavsum rimliklar safida 40 bahsda 5+6 natijaga erishdi. 

“Torino” yuqori maqsadlarni ko'zlaydigan jamoami?

Turin grandi “Yuventus”dan farqli ravishda “buqalar” A Seriyadagi o'rtamiyona klublardan biri hisoblanadi. Oxirgi besh mavsum chempionatdagi natijasi:

2021/22 mavsum – 10-o'rin;

2020/21 mavsum – 17-o'rin;

2019/20 mavsum – 16-o'rin;

2018/19 mavsum – 7-o'rin va Evropa ligasi saralashiga yo'l olib, guruh bosqichiga chiqa olmadi;

2017/18 mavsum – 9-o'rin.

Klub 7 karra Skudetto sohibi (musobaqada 5-ko'rsatkich) hisoblanadi. Oxirgi titul 1975/76 yilgi mavsum qo'lga kiritilgan. 

"Ishkal"

Darvoqe, “Torino” ustozi Ivan Yurich Avstriyadagi yig'in vaqtida transfer siyosatidan norozi bo'lib, klub sport direktori Davide Vanyati bilan tortishib ketgan. Klub xodimi ularni ajratib qolishga ulgurdi. Qayd etilishicha, xorvatiyalik mutaxassis Belotti va asosiy himoyachi Gleyson Bremerning (“Yuventus”ga o'tdi) o'rniga munosib futbolchilar olib kelinmaganidan jaxli chiqqan.

 

“Monca” varianti ... 

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика