So’nggi yangiliklar

07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  4 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  1 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  5 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5

Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" bu safar ham "Al Hilol"ni enga olmadi Yangiliklar

Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" bu safar ham "Al Hilol"ni enga olmadi

Saudiya Arabistoni Premer ligasi 32-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Al Nassr" – "Al Hilol" 1:1

23:00, 17 may

Gol: Otavio (1), Mitrovich (90+10-p).

"Al Nassr": David Ospina, Sulton al-Gannam, Ali Lajami, Aymerik Lyaport, Aleks Telles, Abdulla al-Haybari, Marselo Brozovich, Otavio (Sami al-Naji, 83), Ayman Yahyo (Ali al-Hasan, 74), Sadio Mane, Krishtianu Ronaldu.

"Al Hilol": Yassin Bunu, Saud Abdulhamid, Hassan Tambakti, Ali al-Bulayhi, Muhammad al-Burayk (Salmon al-Faraj, 72), Ruben Nevesh, Muhammad Kanno (Nosir al-Davsari, 57), Sergey Milinkovich-Savich, Malkom, Mikael, Aleksandr Mitrovich.

Ogohlantirish: Muhammad Kanno (24), Ruben Nevesh (36), Sadio Mane (41), Sergey Milinkovich-Savich (63), Marselo Brozovich (66), Aymerik Lyaport (68).

Al Nassr FC

Otavio - 1'

Saudi Pro League . 32-tur

18/05/2024, 00:00

1
:
1
Tugadi

Al Hilal

Aleksandar Mitrovic - 90'

Stadion: Al-Awwal Park

45'
90'
1'  Otavio
1'  Cristiano Ronaldo
41'  Sadio Mane
65'  Marcelo Brozovic
68'  Aymeric Laporte
74'  Ayman Yahya (Ali Al-Hassan)
83'  Otavio (Sami Al-Najei)
87'  Abdullah Alkhaibari
24'  Mohamed Kanno
36'  Ruben Neves
57'  Mohamed Kanno (Nasser Al Dawsari)
63'  Sergej Milinkovic-Savic
72'  Mohammed Al Burayk (Salman Al-Faraj)
90'  Aleksandar Mitrovic
90'  Michael (Mohammed Jahfali)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! O'tgan turda chempionlikni qo'lga kiritgan "Al Hilol" mag'lubiyatsiz mavsumni davom ettirmoqda.

90+13. 8 daqiqa qo'shib berilgandi. O'yin hali beri tugamasa kerak)

90+10. GOOOOOOOOOOLLLLLL!! Mitrovich penaltidan unumli foydalandi! Uning zarbasini qaytarish imkonsiz edi.

90+9. PENALTI! "Al Hilol" so'nggi daqiqada penalti tepadi.

Xo'sh, penalti belgilanadimi????

90+5. UXXXXXXX!!! Saud Abdulhamid "Al Nassr" jarima maydonida yiqitildi. Mane qarama-qarshi holatda raqibining yuziga zarba berib yubordi. Ko'ramiz, nima bo'larkin.

90+4. "Al Nassr"da xavfli vaziyat yuzaga keldi. Jarimadan uzatilgan to'pga kimdir boshi bilan zarba yo'lladi. Bunu to'pni ushlab oldi.

90+2. "Al Hilol" bir necha marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Bulardan samara chiqqani yo'q.

O'yinga 8 daqiqa qo'shib berildi.

85. "Al Hilol" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Bir qancha paslardan keyin darvoza yaqiniga uzatilgan to'p maydondan chiqib ketdi.

81. ZARBAAAAAAAAA!!! To'p kirmasa kirmas ekana... Bunu avvaliga seyv namoyish qildi. Keyin al-Gannam bo'sh qolgan darvozaning "ramka"sini poyladi.

80. ZARBAAAAAA!!! Ronalduning kuchli zarbasidan keyin Bunu yana reakciya ko'rsatdi. Mana nima sababdan "Al Hilol" peshqadamligini tushundim.

79. ZARBAAAAAAAAAA!!! Mitrovich bugungi o'yindagi eng zo'r vaziyatiga ega bo'ldi. U zarba berganida "Mana gol" deb qo'ygandim. Lekin to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

68. UXXXXXXX!!! Ronaldu offsaydda turganini his qilgan holda to'pni Manega qoldirgandi. Sadio to'pni to'xtata olmadi.

66. "Al Hilol" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Neveshning uzatmasi anchagina noaniq ko'rinish oldi.

65. CHempionlikni qo'lga kiritib bo'lgan "Al Hilol" jamoasi to'pni shunchaki nazorat qilib yuribdi va raqibning xatolarini kutmoqda.

61. ZARBAAAAAAA!!! Otavioning uzatmasidan keyin Ayman Yahyo raqib posti tomon zarba yo'lladi. Garchi rikoshet hosil qilgan bo'lsa-da, Bunu reakciyasi yuqori darajada ekanligini ko'rsatdi va to'pni qaytarib yubordi.

60. Saud Abdulhamid hujumga o'tgandi. Hujumchi Sadio Mane himoyaga qaytdi va vaziyatga aralashib to'pni jamoasiga olib berdi.

56. "Al Hilol" gol urdi, biroq offsayd sababli gol inobatga olinmadi. VAR vaziyatga aralashdi va gol inobatga olinmadi.

53. ZARBAAAAAAA!! "Al Hilol"da zo'r vaziyat bo'ldi. Ospina raqibining boshi bilan yo'llagan zarbasini bir amallab qaytardi va darvozabon bilan "o'pishdi".

52. DAHSHAAAATTTT!!! Mane endi Ronaldu rejimida. Bunu bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, zarba bera olmadi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

SAUDIYA ARABISTONI PRO-LIGASI JADVALI

TANAFFUS!

45+3. ZARBAAAAAAA!! "Al Hilol"ning uzoq davom etgan bosimi Sergey Milinkovich-Savichning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Exxxxx... Ronaldu bugun praym holatda emas. Balki yuz foizlik emasdir, biroq yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Manening qanotdan uzatmasini Ronaldu golga aylantira olmadi.

41. Xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin. "Al Hilol"da jarima zarbasi.

40. UXXXXXX! Mikaelning zarbasi aniq va kuchli chiqdi. David Ospina o'z o'rnida.

36. "Al Nassr"da ajoyib imkoniyat yuyuzaga kelishi mumkin edi. Ronaldu bu safar zarba bergisi kelmadi va to'pni markazga oshirdi. Nevesh esa to'pni burchakka chiqarib yubordi. 

32. Ayni damda Ar-Riyoddagi havo harorati 32 gradus ekanligi aytilmoqda. Bizdan saaaal sovuqroq ekana)

27. Iya! Bugun Ronaldu Xoland-Nunes rejimida. 101 foizlik imkoniyat golga aylanmadi.

21. Malkom raqib posboni bilan deyarli birga bir holatga chiqib bordi. U zarba berishga ulgurdi, biroq Lyaport ham...

19. UXXXXXXXXXXX!!! Mane ikkinchi golga yaqin keldi. Biroq Sadio zarba bermasdan Bununi aldab o'tishni maqul ko'rdi. Sadio posbonni aldab o'tolmadi va offsayd qayd qilindi.

14. "Al Hilol" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Muhammad al-Buraykning zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi.

12. UXXXXXXXXXX!!! Yana o'ng qanotdan oshirilgan to'pni darvozaga yo'llash Ronalduga qoldi. Uning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi, ustiga-ustak offsayd ham qayd etildi.

10. ZARBAAAAAA!!! Otavioning uzatmasini Ronaldu erga tushirmasdan darvoza tomon yo'lladi. Noaniq.

8. Telles qanotidan to'pni hujumdagi Ronaldu tomon oshirdi. Biroq Bunu baland sakrab to'pni ushlab oldi.

6. Goldan keyin ikki tomon tinchib qoldi. "Al Hilol" oldinga borayotgandek tuyulmoqda. Biroq mujmallik sababli ish zarbagacha etib bormayapti.

1. GOOOOOOOOOLLLL!!! UCHRASHUV BOSHLANDI deb yozishga ulgurmasimdan Otavio hisobni ochdi! Supergol!


- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni Saudiya Arabistoniga qaratamiz. Unda Krishtianu Ronaldu sardorligidagi "Al Nassr" chempionat peshqadami "Al Hilol"dan revansh olishga harakat qilib ko'radi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика