"Spartak" O'runov bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda
16 avg 2022 16:28
Yangiliklar
"Spartak" O'runov bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirmoqda
"Spartak" bosh direktori Evgeniy Melejikov "qizil-iblislar" yarim himoyachi Oston O'runov bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirayotganini aytdi.
— Oston O'runov bilan ishlar qanday ketmoqda? U bilan bitim bekor qilinadimi?
— Ushbu haftada uni taklif qilganman va gaplashib olamiz. Menimcha, bitim bekor qilinadi. U hozirda yoshlar jamoasi bilan shug'ullanmoqda.
O'runovning "Spartak" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
U Moskva klubida 2020 yildan beri o'ynaydi. Xavbek 9ta o'yinda 1ta gol urishga erishgan.
Fikrlar