"Spartak" bosh murabbiyi: "O'runovning imkon qadar tezroq o'ynashiga umid qilaman"
13 avg 2020 18:03
Yangiliklar


"Spartak" bosh murabbiyi: "O'runovning imkon qadar tezroq o'ynashiga umid qilaman"
"Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko jamoaning o'zbekistonlik xavbeki Oston O'runov haqida gapirdi.
"O'runov virusga chalingan va uch hafta davomida mashg'ulot bajara olmagan. Ayni damda u jamoa bilan ishlamoqda. Bundan tashqari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha qo'shimcha mashqlar qilmoqda.
Jarayon yaxshi ketmoqda. Uning imkon qadar tezroq o'ynashiga umid qilaman", - deydi Tedesko.
Eslatib o'tamiz, "Spartak" ertaga RPL 2-tur doirasida o'z uyida "Axmat"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar