So’nggi yangiliklar

18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  2 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  1 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  1

So'nggi o'rindagi klub eng "pushkachi", qoidasevar "Turon" - Superliganing ortda qolgan besh turi bo'yicha eng yuqori va eng quyi ko'rsatkichlari Yangiliklar

So'nggi o'rindagi klub eng "pushkachi", qoidasevar "Turon" - Superliganing ortda qolgan besh turi bo'yicha eng yuqori va eng quyi ko'rsatkichlari

Teglar :  statistika
Ko'rsatchiklar PFL saytidagi malumotlar asosida tuzildi.

Coca Cola Superligasining besh turi ortda qoldi. Dastlabki turlarda yoqalarni ushlashga majbur qilgan etakchilar asta-sekinlik bilan o'z o'rnilariga qaytayotgan bo'lsa, ilk o'yinlardayoq qaqshatqich zarbalar qabul qilib olgan o'rtamiyona sanalgan jamoalar o'zlarini o'nglab olishga qiynalishmoqda. SHunga qaramasdan, turnir jadvalining pastki pog'onlarida borayotgan jamoalar ham ayrim ko'rsatkichlar bo'yicha faxriy yorliq olishga davogar bo'lib turibdi. Bir qo'limizdagi barmoqlar soniga teng uchrashuvlardan so'ng raqamlarga qiziqadigan birodarlarimiz uchun PFL saytidagi statistika asosida eng yaxshi ko'rsatkichlarni tuzib chiqdik. 


Zarbalar


Raqiblari darvozasini o'qqa tutish bo'yicha na "Paxtakor", na etakchi bo'lib turgan "Neftchi" va "Bunyodkor" peshqadam bo'lib turibdi. Aksincha, turnir jadvalining eng quyi pog'onasida borayotgan "So'g'diyona" bu borada tomoq qirib qo'yadigan raqamlarga ega chiqqan. Jizzaxliklar raqiblariga qarshi naq 68 marotaba zarba ijro etgan. Biroq gol urishga kelganda, "bo'rilar" "yuvosh mushukcha"ga aylanib qolishmoqda. Ivan Boshkovich shogirdlari hozircha atigi 4 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Eng kam zarbani esa "Olimpik" futbolchilari yo'llagan. Timur Kapadze qo'l ostidagi futbolchilar 28 marta raqib darvozasini mo'ljalga olishga jurat etishgan.


Aniq zarbalar

Zarba berganda ham oyog'iga to'p kelganda duch kelgan tarafga tepadigan emas, balki mo'ljalga olish borasida jizzaxliklar maqtana olmaydi. Bu borada turnir jadvalida etakchilik qilayotgan "Neftchi" ustunlik qilmoqda. Farg'onaliklar 31 marotaba nishonni to'g'ri topishgan, biroq ular tomonidan yuborilgan "posilkalar"ning 11 tasi ko'zlangan manzilga etib borgan. Mening ilk bora qo'limga TIR miltig'ini ushlagan holda ko'zlagan nishonlarim qay darajada yo'nalish olgan bo'lsa, aniqlik borasida shunga o'xshash ko'rsatkich borasida buxoroliklar tengma-teng turibdi. Yaqindagini Ulug'bek Baqoevni taklif qilgan klub atigi 10 ta aniq zarba yo'llagan va ularning ikkitasi golga aylangan.


Burchak zarbasi

Qo'lida doim bayroqcha hilpirab turadigan hakam qarshisidan to'pni o'yinga kiritish bo'yicha qarshiliklarga qarshilik qiladigan jamoa topilmayapti. "Nasaf" futbolchilari naq 34 marotaba burchak zarbasini amalga oshirishgan. Qiziq tomoni, geometrik nuqtadan to'pni o'yinga kiritishni unchalik xushlamaydigan jamoa "Bunyodkor" bo'lib turibdi. Murod Otajonov shogirdlari bir qo'l bilan sanaganda ham barmoqlar ortib qoladigan burchak zarbasi amalga oshirgan — 3 ta (agarda statistika noto'g'ri ko'rsatilmagan bo'lsa).


O'yindan tashqari holat

Offsaydda qolish borasida ham yaqinda Ivan Boshkovich boshqaruvga kelgan "So'g'diyona" ilg'or bo'lib turibdi. Ha, latifa aytayotganim yo'q. Jizzaxliklar 12 marotaba yordamchi hakam bayrog'ini to'g'riga ko'tarishiga sababchi bo'lgan. Assistentni eng kam bezovta qilgan klub esa OKMK sanaladi, olmaliqliklar 3 marotaba o'yindan tashqari holatda qolib ketgan.


Follar

O'yin qoidasini buzish bo'yicha peshqadamlikni chempionlik peshqadamligi yo'lida kurash olib borayotgan "Navbahor" egallab turibdi. Samvel Babayan shogirdlari besh tur davomida 79 marotaba qo'pollik ishlatgan. Qoidalar doirasidan chetga chiqmaslikka harakat qiluvchi jamoa esa "Turon" bo'lib turibdi. Turnir jadvalidagi natijasi havas qilgudik bo'lmas-da, yaypanliklar 44 marta fol qayd etgan holda bu borada eng kam ko'rsatkichga ega chiqqan.


Kartochkalar

Hakam tomonidan eng ko'p sariq rangli "esdalik sovg'asi" bilan taqdirlangan jamoa "Qizilqum" bo'lib turibdi. Navoiylik futbolchilar 17 marotaba ogohlantirilgan. "Nasaf" va "Buxoro" o'yinchilari esa nisbatan kamroq bunday tuhfaga sazovor bo'lishgan (8 tadan). Undan ham qo'rqinchliroq hamda kelgusi o'yinga dam olish putyovkasini taqdim etadigan kartochka sohibiga aylanish bo'yicha andijonliklar oldinda bormoqda. Ularga 5 o'yinda 3 marotaba qizil kartochka ko'rsatilgan. Superligadagi 6 jamoa esa hozircha bundan bebahra bo'lib turibdi.

Coca Cola Superligasi. 5-turdan keyingi qiziqarli malumotlar

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика