So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

PFL statistik ko'rsatkichlarni kompleks ko'rib chiqishi kerak Yangiliklar

PFL statistik ko'rsatkichlarni kompleks ko'rib chiqishi kerak

PFL ko'pchilik tomonidan tanqid qilinadi. O'rinli ham, o'rinsiz ham.

Men PFLga iloji boricha neytral munosabatda bo'lishga harakat qilaman: kerak bo'lsa – maqtayman, kerak bo'lsa – konstruktiv tanqid qilaman.

2025 yilgi mavsumdan boshlab, PFL WyScout malumotlari asosida ilg'or statistika elon qila boshladi. Bu uchun ularga "layk", lekin raqamlar o'zidan o'zi ko'p narsani anglatmaydi. Bir necha misol:

1. Futbolchilarning zarbalari bo'yicha statistika.

Norchaev va Xojimirzaev olti martadan zarba berdi. Nima bo'pti?

Har qanday ishda, jumladan futbol statistikasi bilan ishlashda, umumiy manzaraga etibor qaratish kerak. Hamroh ko'rsatkichlar bilan birga. Zarba bo'yicha – darvoza tomon yo'llangan zarbalar va kutilayotgan gollar (xG) muhim. Xojimirzaev qo'shimcha daqiqalarda «Navbahor»ga gol urishi mumkin edi, lekin penaltini ancha noaniq tepib, imkoniyatni boy berdi.

Norchaevning 6 zarbasidan 3 tasi darvozaga aniq borib etdi, xG ko'rsatkichi – 0,74. Yani, u gol urishga yaqin edi, lekin realizaciya pand berdi (yoki «So'g'diyona» darvozaboni yaxshi o'ynadi – bu endi har bir zarbani alohida tahlil qilishni talab qiladi, unga esa vaqt yo'q). Xojimirzaevning esa faqat 1 ta zarbasi darvozaga aniq yo'llangan, penalti esa yuqorida aytilganidek ancha noaniq ketgan. Uning xG ko'rsatkichi – 1,05, lekin bu asosan penalti hisobiga shakllangan.


2-3. To'pga egalik qilish.

«Surxon»ning 71,2% ko'rsatkichi, albatta, ajoyib, lekin chuqurroq qaraymiz. xG – 1,93 (yana bir bora penalti kiritilmagan) va 12 zarba, lekin shundan atigi 3 tasi aniq borgan. Natijada «Surxon» «Qizilqum»ga yutqazdi. Bu jamoa esa Superliga 1-turida eng kam – 28,8% vaqt davomida to'pga egalik qilgan edi. Shunga qaramay, «Qizilqum» 11 ta zarba berdi, ularning 7 tasi darvozaga aniq bordi, xG – 1,45 (hech qanday penaltilarsiz).

Paslar soni esa farq qiladi: «Surxon» – 603, «Qizilqum» – 226. Uzoq paslarning ulushi «Surxon»da 7,6%, «Qizilqum»da esa 25,6%.

Bu nimani anglatadi? «Qizilqum» chuqur himoyalanib, qarshi hujumlarga juda yaxshi o'tgan. «Surxon» esa ko'proq to'pni nazorat qilgan, lekin ko'p hujumlar unchalik keskin bo'lmagan. Umuman olganda, grafikada berilgan 5 ta klub orasida 1-turda faqat OKMK g'alaba qozondi. Bu bizning liganing o'yin uslubi haqida ko'p narsani anglatadi. Himoyaga o'ralashib, qarshi hujumga o'tish – samaraliroq. O'tgan yili «Andijon» 52 ta gol urdi, xG esa bor-yo'g'i 29,8 edi. Bu – juda katta «overperforming» (jamoaning o'yinga qaraganda ko'proq gol urishi va ochko yig'ishini ifodalovchi tushuncha).


4. Jamoalarning zarbalari birinchi grafikadagi holatga o'xshash.

«Navbahor» 17 ta zarba berdi, lekin atigi 4 tasi darvozaga to'g'ri bordi. xG – 0,82. «Dinamo» esa 14 ta zarba yo'lladi, ulardan 7 tasi darvozaga aniq yo'llandi, xG – 1,89. Penalti hisobga olinmagan taqdirda ham, bu ko'rsatkich samarqandliklar uchun «Navbahor»nikidan yuqoriroq.

Alohida olingan statistika hech narsani anglatmaydi. Hammasini kompleks ko'rib chiqish kerak. PFL buni nega qilmayapti – bilmayman.


Nikolay Egorichev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика