So’nggi yangiliklar

10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  30 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3

Son Xen Mindan championat.asia uchun eksklyuziv intervyu: "O'yin zerikarli o'tgani yo'q" Yangiliklar

Son Xen Mindan championat.asia uchun eksklyuziv intervyu: "O'yin zerikarli o'tgani yo'q"

JCH-2022 1-turi doirasida Urugvayga qarshi o'yindan keyin Janubiy Koreya termasi sardori Son Xen Min championat.asia uchun eksklyuziv intervyu berdi.

- O'yin haqida nima deya olasan?

- Ikki jamoa ham natijadan mamnun, menimcha. O'yin zerikarli bo'ldi, gollar bo'lmadi deyishingiz mumkin, ammo o'yin qiziqarli bo'ldi. Ikki jamoada ham imkoniyatlar bo'ldi. 0:0 - o'yin uchun adolatli natija deb o'ylayman. 

- Keyingi ikki o'yin sen uchun qanchalik muhim?

- Har bir o'yin biz uchun juda muhim. 

 - Bugun niqob taqib olganding, o'zingi qanday his qilyapsan?

- Albatta, men o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Maydonda niqob taqib olgan yagona futbolchi emasman. Ko'p futbolchilar shunday qilishmoqda va bu kim uchundir qulay. Men Jahon chempionatida ekanligimdan baxtliman va niqob bilan bo'lsa ham o'ynay olayotganimdan xursandman. 

- Xarri Keyn oyog'idan jarohat olgandi. U bilan gaplashdingmi yoki hali ko'rishmadingmi? 

- Biz yaqin do'stlarmiz, ammo bu malumotni ayta olmayman. Albatta, u dunyodagi eng yaxshi hujumchilardan. Unga eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman. 

- Guruh bosqichida Ronalduga qarshi maydonga tushasan...

- Ronaldu hali ham men uchun qahramon va bu narsa hech qachon o'zgarmaydi. Keyingi raqib Gana va bu juda muhim o'yin. Men va umuman butun jamoa hozirda Ganaga qarshi uchrashuvga bor etiborimizni qaratishimiz kerak. Bugungi o'yin juda og'ir bo'ldi. Urugvay ham juda kuchli qarshilik ko'rsatdi. Biz ham uch ochko olishimiz mumkin edi. Biroq 0:0 adolatli natija bo'ldi. Hammamiz ham xato qilamiz. Bugungi o'yin allaqachon ortda qoldi. Biz keyingi o'yinga etibor qaratishimiz kerak. 

- Xvan Ui Jo foydalana olmagan vaziyat haqida gapirsang...

- Barchamiz insonmiz, xato qilamiz. Ui Jo jamoamizdagi eng kuchli hujumchi. Vaqti kelsa, men ham vaziyatlardan foydalana olmayman. Ui Joning o'zi hozir bundan eng ko'p afsuslanyapti. Bu futbol. Biz sovuqqonroq bo'lishimiz kerak. Jamoadoshim harakat qilmoqda, u haqida nojo'ya gap gapira olmayman.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика