Son "Tottenxem" bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirdi
23 iyu 2021 14:25
Yangiliklar
Son "Tottenxem" bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirdi
"Tottenxem" o'yinchi Son Xyon Min bilan yangi shartnoma imzoladi.
London klubi va 29 yoshli xavbek o'rtasida 2025 yilga qadar shartnoma imzolandi.
"Ushbu klubda olti yilni o'tkazish - men uchun katta g'urur. "Tottenxem" menga katta hurmat ko'rsatdi va albatta, bu erda bo'lishdan juda ham mamnunman.
Bu mening uyim, ayniqsa tribunalarda muxlislar bo'lganda. Qaror juda oson bo'ldi. Men bu erda bo'lishdan baxtliman. Muxlislarni yana tribunalarda ko'rishdan mamnun bo'lar edim", - deydi Son.
Son 2015 yilning avgustidan beri "shporlar" safida o'ynaydi. U klub safida 280ta o'yinda maydonga tushib, 107ta gol va 64ta assist qayd etgan.
Fikrlar