"Arsenal" futbolchisi "Jenoa"ga o'tishi mumkin
06 jan 2021 13:41
Yangiliklar


"Arsenal" futbolchisi "Jenoa"ga o'tishi mumkin
"Arsenal" qaydnomasidan chetda qolgan Sokratis Papastatopulos tez orada boshqa klubga o'tishi mumkin.
Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 32 yoshli greciyalik futbolchiga "Jenoa" va "Fenerbaxche" klublari qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Sokratisning "to'pchilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Sokratis "Arsenal"ga qadar AEK (Afina), "Niki Volos", "Jenoa", "Milan", "Verder" va "Borussiya" (Dortmund) klublarida to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar