Ulug'bek Baqoev keyingi mavsumda Qozog'iston klublaridan birini boshqarishi mumkin
01 dek 2021 17:31
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev keyingi mavsumda Qozog'iston klublaridan birini boshqarishi mumkin
43 yoshli o'zbekistonlik mutaxassis Ulug'bek Baqoev Qozog'iston klublaridan birini boshqarishi mumkin.
Joriy mavsumda Ulug'bek Baqoev murabbiyligidagi "So'g'diyona" O'zbekiston Superligasida kumush medallariga ega chiqdi. Yakunda uning jamoasi OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Baqoev allaqachon xorij klublari, jumladan, Qozog'iston jamoalarining ham etiborini tortgan. Murabbiy o'z kelajagi haqida o'ylashni boshlagan.
Jizzaxliklar ustozi Qozog'istonda "Tobol", "Jetisu", "Irtish" klublarida futbolchi sifatida to'p tepgan. "Tobol" safida 2010 yilda Qozog'iston chempioni bo'lgan. SHuningdek mamlakat kubogi va "Intertoto" kubogin qo'lga kiritgan.
Fikrlar