

Qizilqum jamoasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng futbolchilarga qisqa muddatli dam olish kunlari berildi. Jamoa a'zolari 10 iyul kuni Zomin tog'lari tomon yo'l olishadi. U yerda 17 iyulga qadar mashg'ulotlar olib boriladi. Unda asosan jismoniy tayyorgarliklarga e'tibor qaratiladi. 18 iyuldan esa, mashg'ulotlar Toshkentda davom ettiriladi. Poytaxtda bir qator jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish rejalashtirilgan. Toshkentdagi yig'in 28 iyulda yakuniga etadi.



