Soboslai "RB Leypcig"ga ehtimoliy o'tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi
14 dek 2020 11:47
Yangiliklar


Soboslai "RB Leypcig"ga ehtimoliy o'tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi
"RB Zalcburg" yarim himoyachisi Dominik Soboslai "RB Leypcig"ga o'tishi mumkinligi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Atrofda ko'plab klublar tilga olinayotgan ko'plab mish-mishlar mavjud. Navbatdagisi - "RB Leypcig" haqida. Ammo menda hali ko'p narsalarni o'ylab olishim uchun vaqt bor.
Vaqti kelganda qaror qabul qilaman. Qolaversa "Zalcburg" bilan ko'plab muhim o'yinlarim bor", - deb yozadi o'yinchining gaplaridan iqtibos keltirib Fabricio Romano.
20 yoshli vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar