"Slovan" ketma-ket to'rtinchi marta Slovakiya chempioniga aylandi
16 apr 2022 10:38
Yangiliklar


"Slovan" ketma-ket to'rtinchi marta Slovakiya chempioniga aylandi
Bratislavaning "Slovan" jamoasi "Rujomberok"ga qarshi Slovakiya chempionati pley-off 6-tur doirasidagi o'yinda durang qayd etdi - 0:0.
Bu natija Bratislava jamoasiga 2021/22 yilgi mavsumdagi birinchi o'rinni kafolatladi.
"Slovan" 67 ochko jamg'ardi va birinchi o'rinda ketmoqda. "Rujomberok" esa 53 ochko bilan ikkinchi.
"Slovan" ketma-ket to'rtinchi va o'z tarixida 24-bor Slovakiya chempioniga aylandi. Jamoa kelasi mavsum CHempionlar Ligasi kvalifikaciyasida o'ynaydi.
Slovakiya chempionatai
CHempionship — Pley-off
6-tur
"Rujomberok" — "Slovan" — 0:0
CHetlatish: Maslo, 55.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar