So’nggi yangiliklar

00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  3 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  9 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  7 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  1 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  46 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  190 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2 19:33​Санчодан уятли кўрсаткич  0 19:10Расман: Максим Шацких – "Андижон" бош мураббийи, Виталий Шпанюк – ёрдамчи мураббий  33 18:53Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги. "Оил Стар" ва БМБ финалда тўқнаш келадиган бўлди  1

Hindiston va Islom Ismoilov yordami evaziga qo'lga kiritilgan O'zbekistonning o'smirlar miqyosidagi ilk qita chempionligini yodga olamiz Yangiliklar

Hindiston va Islom Ismoilov yordami evaziga qo'lga kiritilgan O'zbekistonning o'smirlar miqyosidagi ilk qita chempionligini yodga olamiz

Tarixiy natija 13 yildan so'ng takrorlandi.

Bundan 13 yil muqaddam O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'z tarixida ilk marotaba o'smirlar o'rtasida Osiyoda tengsiz deb topildi. Dilshod Nuraliev qo'l ostidagi jamoa turnir davomida Janubiy Koreya, Eron va Yaponiya singari raqiblarni dog'da qoldirdi.

Aslida O'zbekiston mazkur musobaqani Osiyoning amaldagi vice-chempioni sifatida boshladi. 2010 yili Toshkent mezbonligida o'tgan qita birinchiligida Aleksey Evstafeev bosh murabbiyligidagi o'smirlar kumush medalga sazovor bo'lishgan. Nuraliev shogirdlari esa Eron mezbonlik qilgan musobaqaning "D" guruhidan o'rin oldi, ularga Suriya, Xitoy va Hindiston terma jamoalari raqiblik qildi.

Eronga jo'nab ketishdan avvalida so'nggi yig'in Toshkent viloyatining Dukent shaharchasida tashkil etildi. Shu muddatda Toshkentga Tailand terma jamoasi kelishi va ular bilan 3 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi kerak edi. Biroq ikki kun qolganida Tailand federaciyasidan rejalari o'zgarganligi va Toshkentga kela olmasliklari mazmunidagi maktub kelgan. Nazorat o'yinlarida esa mahalliy "Paxtakor" va "Lokomotiv" yoshlari raqiblik qildi.

Avvalroq 24 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan ro'yxat elon qilingandi. Lekin reglamentga ko'ra, qita chempionatida terma jamoa tarkibida 23 nafar futbolchi bo'lishi kerak. Shu boisdan, "Paxtakor-ROZK" hujumchisi Temur Fayzullaev Eronga yo'l olgan tarkibdan tushib qoldi.

Musobaqa starti oldidan bosh murabbiy Dilshod Nuraliev guruhdagi raqiblar to'g'risida shunday fikr bildirgan:

Bu yoshdagi jamoalarni o'rganish juda qiyin. Chunki xalqaro turnirlar kam bo'ladi. Shunga qaramay, guruhdagi ikki raqibimiz - Xitoy va Suriya terma jamoalarini imkon qadar o'rgandik. Bu ikki jamoa ishtirokidagi o'yinlar yozilgan disklarni futbolchilar bilan birgalikda ko'rdik, tahlil qildik. Suriya arab futboliga xos o'yin namoyish etishiga shubham yo'q. 2002 yili BAAda o'tkazilgan Osiyo chempionatida o'smirlarimiz suriyaliklar bilan bir guruhdan joy olishgandi. O'shanda 1986 yilda tug'ilgan terma jamoamizning katta murabbiyi edim. Shu boisdan, Suriya futboli haqida ozmi-ko'pmi tasavvurga egaman. Agar Tailand bilan Toshkentda o'tkazadigan 3ta o'yinimiz amalga oshganida, guruhdagi ikkinchi jiddiy raqib Xitoy haqida yanada ko'proq malumotga bo'lardik. Sababi, Tailand futboli Xitoyga juda yaqin. Bejizga tayliklarni Toshkentga chaqirmagandik. Hindiston bilan Toshkentdagi Osiyo chempionati saralash bahslarida o'ynaganmiz.

To'g'ri, o'shanda yirik - 9:0 hisobida g'alaba qozongandik. Lekin bu amalda hech narsani anglatmaydi. Saralash bahslari bilan final bosqichi o'yinlari o'rtasida katta farq bor. Jamoalarning o'sha paytdagi tayyorgarligi ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi. Ozgina bepisandlik va etiborsizlik qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi hammaga ayon. Shu boisdan, bu narsaga o'ta jiddiy etibor qaratamiz. Birinchi maqsadimiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib olish. Bu vazifani uddalasak, chorak finalda Saudiya Arabistoni, KXDR, Janubiy Koreya yoki Yaponiya terma jamoalaridan biri bizga raqiblik qiladi. Bizga Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari chempionlik uchun asosiy davogarlardan deb aytishyapti. Lekin buni amalda isbotlash kerak. Biz Yaponiya bilan 4 ta o'yin o'tkazdik. Shularning uchtasida g'alaba qozongan bo'lsak, bitta uchrashuv durang natija bilan yakunlandi. Bunday olib qaraganda, Yaponiyadan sezilarli ustunlikka erishganmiz. Lekin bu natijalar Osiyo chempionatida nisbiy ko'rinishda bo'lib qoladi.

Eronga quyidagi futbolchilar yo'l olgan:

Darvozabonlar

Shohruh Eshbo'taev – "Yangier"

Sarvar Karimov – "Lokomotiv"

Abbos O'lmasbekov – "Bunyodkor"

Himoyachilar

Islom Ismoilov – "Paxtakor"

Shohjahon Qilichev – "Mashal"

Ibrohim Abdullaev – "Paxtakor"

Akrom Komilov – "Bunyodkor"

Jamshid Boltaboev –"Paxtakor"-ROZK

Humoyun Azamov – BO'SM-16

Oybek Erkinov – "Paxtakor"-ROZK

Doston Hamdamov – "Bunyodkor"

Yarim himoyachilar

Ravshanbek Xursanov – "Paxtakor"-ROZK

Izzatilla Abdullaev – "Paxtakor"

Javohir Siddiqov – "Paxtakor"-ROZK

Alisher Mirzaev – "Paxtakor"-ROZK

Otabek Shukurov – "Mashal"

Adham Ahmadjonov – "Paxtakor"-ROZK

Ulug'bek Davlatov – "Bunyodkor"

Ilhom Abdug'aniev – "Paxtakor"-ROZK

Islombek Karimov – "Paxtakor"-ROZK

Hujumchilar

Muhiddin Odilov – "Paxtakor"-ROZK

Akobir To'raev – "Buxoro"

Shohjahon Abbosov – "Mashal"

Hindistonga qarshi ilk tur juda qiyin o'tdi. Garchi sararlash bosqichida "oq bo'rilar" raqibini 9:0 hisobida tor-mor etganiga qaramay, asosiy turnirda ancha ter to'kishiga to'g'ri keldi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

O'zbekiston U-16 - Hindiston U-16 3:2

Bosh hakam: Chayya Maxapab (Tailand)

Yordamchi hakamlar: Pricha Kangram (Tailand), Fares Alshammari (Kuvayt)

To'rtinchi hakam: Yusuf Almarzuq (Kuvayt)

Uchrashuv komissari: Anvarul Haq Helal (Bangladesh)

Gollar: Muhiddin Odilov (8), Ibrohim Abdullaev (53 pen.), Ilhom Abdug'aniev (80) – Ray Uttam 47, 70

O'zbekiston U-16: 12. Shohruhjon Eshbo'taev, 2. Jamshid Boltaboev, 3. Islom Ismoilov (18. Oybek Erkinov, 87), 4. Akramjon Komilov, 7. Ravshanbek Xursanov, 9. Ibrohim Abdullaev, 13. Alisher Mirzaev (8. Ilhom Abdug'aniev, 46), 15. Izzatilla Abdullaev (6. Ulug'bek Davlatov, 64), 17. Dostonbek Hamdamov, 20. Otabek Shukurov, 23. Muhiddin Odilov

Ogohlantirishlar: Lalhlimpuia Daniel (72), Ravshanbek Xursanov (90+3)

"Biz Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ham Hindiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 9:0 hisobida g'alaba qozongandik. Men bugungi o'yin oldidan aynan shundan xavotir olgandim: shogirdlarim avvalgi o'yindagi yirik muvaffaqiyat haqida o'ylab, bugungi o'yinga ruhiy jihatdan to'g'ri tayyorlana olishmadi", - dedi Nuraliev o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

"Hindiston terma jamoasi bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ular saralashdagi mag'lubiyatdan so'ng bizga qarshi ruhiy jihatdan yaxshi tayyorlanganliklari sabab bugun yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Yana qaytaraman, shogirdlarimning ko'plab vaziyatlarga ega bo'la turib, ulardan foydalana olmasliklariga ruhiy jihatdan normal tayyorgarlik ko'ra olmaganlari sabab bo'ldi", - dedi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ustozi.

Ikkinchi o'yin esa Xitoyga qarshi o'tdi va 1:1 hisobi qayd etildi. Eronda tug'ilgan kunini nishonlagan Jamshid Boltaboev goliga Hu Jing Hang javob qaytardi.

Xitoy U-16 – O'zbekiston U-16 1:1

Bosh hakam: Jahonbozi Yadollah (Eron)

Yordamchi hakamlar: Rizo Suxandon (Eron), Chi Seung Min (Koreya Respublikasi)

To'rtinchi hakam: Kim Chong Xyok (Koreya Respublikasi)

Gollar: Hu Jing Hang (43) – Jamshid Boltaboev (16)

O'zbekiston U-16: 12. Shohruhjon Eshbo'taev, 2. Jamshid Boltaboev, 3. Islom Ismoilov, 4. Akramjon Komilov, 6. Ulug'bek Davlatov (21. Shohjahon Abbosov, 85), 7. Ravshanbek Xursanov, 9. Ibrohim Abdullaev,  15. Izzatilla Abdullaev (4. Islombek Karimov, 66), 17. Dostonbek Hamdamov, 20. Otabek Shukurov, 23. Muhiddin Odilov (11. Akobir To'raev, 90+2)

Ogohlantirish: Islombek Karimov (90+2)

"Bu futbol va futbolda bazan shunday holatlar bo'lib turadi. Biz o'zimiz yuzaga keltirgan vaziyatlardan foydalana olmadik, shuning uchun ham bugungi o'yinda g'alaba qozona olmadik", - dedi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

"Rejamizga ko'ra, biz o'yin boshidan tashabbusni o'z qo'limizga olib, ushbu tashabbusdan foydalanish edi. O'yin davomida biz qator qulay imkoniyatlarga ega bo'ldik, biroq ulardan unumli foydalana olmadik. Keyingi o'yinda mana shu jihatlarga alohida etibor qaratamiz", - dedi Nuraliev.

Uchinchi turda Suriyaga kichik hisobida imkoniyatni boy bergan o'zbekistonliklar guruh bosqichidayoq ortga qaytishi arafasida turgandi. Biroq guruhdagi ikkinchi qarama-qarshilikning 90+4 daqiqasida Hindiston Xitoy darvozasiga to'p kiritib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi, shu bilan birga, O'zbekistonning keyingi bosqichga chiqishini taminladi.

O'zbekiston U-16 – Suriya U-16 0:1

Bosh hakam: Maasaki Toma (Yaponiya)

Yordamchi hakamlar: Ocuka Haruxiro (Yaponiya), Hsu Min YU (Tayvan)

To'rtinchi hakam: Strebre Delovski (Avstraliya)

Uchrashuv komissari: Jayasuriya De Silva (Shri-Lanka)

Gol: Subay al-Husniy (32)

O'zbekiston U-16: 1. Sarvar Karimov, 2. Jamshid Boltaboev, 3. Islom Ismoilov, 4. Akromjon Komilov, 6. Ulug'bek Davlatov (21. Shohjahon Abbosov, 46), 7. Ravshanbek Xursanov, 9. Ibrohim Abdullaev, 13. Alisher Mirzaev (14. Islombek Karimov, 44), 17. Dostonbek Hamdamov (10. Javohir Sidiqov, 67), 20. Otabek Shukurov, 23. Muhiddin Odilov.

Ogohlantirishlar: Jamshid Boltaboev (54), Ravshanbek Xursanov (61), Ahmad Ashqar (90+2), Muhammad Rabi (90+3)

Chorak finalda "C" guruhida 100 foizlik natija qayd etgan Janubiy Koreya penaltilar seriyasida mag'lub etildi. 

Qiziqarli kechgan o'yinning asosiy vaqtida 1:1 hisob qayd etildi. 65-daqiqada Akobir To'raev tomonidan chiroyli tarzda hisob ochildi. Hujumchi to'pni raqib darvozabonining ustidan oshirib tashlab, darvozani ishg'ol qildi. Ammo koreyslar o'yin yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganda hisobni tenglashtirdi.

Janubiy Koreya - O'zbekiston 1:1, penaltilar bo'yicha: 3:5

Gollar: Xvang (90+4) – Akobir To'raev (65)

Janubiy Koreya: Kim Xyong Jung, Kim Chjong Xun, Kim Ki Yong, YU Von Chjong, Xvang In Bom, Ko Min Xyok, Xvang Xi Chan, Choi Ju Yong, Xvang Mun Ki, Xvang Ki Vuk.

O'zbekiston: Sarvar Karimov, Jamshid Boltaboev, Islom Ismoilov, Akramjon Komilov, Ulug'bek Davlatov, Ibrohim Abdullaev, Akobir To'raev, Izzatilla Abdullaev, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov, Muhiddin Odilov.

"Avvalo, tabriklar uchun minnatdorlik bildiraman. Biz Janubiy Koreyaga qarshi o'yin qiyin bo'lishini oldindan bilardik, lekin biz unga o'zimizning "kutilmagan sovg'amiz"ni tayyorlab qo'ygandik, aynan o'sha "syurprizimiz" bugun gol urdi. Janubiy Koreyani asosiy o'yin vaqtida mag'lub etamiz, deb o'ylagandim. Nima bo'lgan taqdirda ham Janubiy Koreya Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri, biz uni juda ham hurmat qilamiz. Bugun bizga Allohning o'zi yordam berdi.

Ha, biz chorak finalga katta qiyinchilik va omad bilan chiqdik. Biroq guruh bosqichida mening shogirdlarim yomon ko'rsatishdi, deb ayta olmayman. Guruhdagi o'yinlarda ham ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lgandik, biroq ulardan foydalana olmaganimiz uchun muvaffaqiyatsizlikka uchragandik. Bugun, Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda esa imkoniyatlardan foydalana oldik.

Yarim finalda kimga qarshi o'ynashning farqi yo'q, Avstraliya bo'ladimi, Eron bo'ladimi, biz raqib tanlab o'tiramaymiz. Har bir raqibga qarshi alohida tayyorgarlik ko'ramiz, uchrashuvdan uchrashuvdan o'yinimizni rivojlantirib borishga intilamiz. Kelasi o'yinda bugungidan ham yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz", - dedi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

Yarim finalda Eron va O'zbekiston o'zaro kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan bahsda 2:3 hisobi qayd etilib O'zbekiston termasining g'alabasi bilan yakuniga etdi. Avvaliga eronliklar hisobni ochishdi. 5-daqiqada Saidmajid Husayniy jamoasini oldinga olib chiqdi. Keyin esa katta sahnaga O'zbekiston o'smirlari chiqishdi. Dostonbek Hamdamov 13-daqiqada, Izzatilla Abdullaev 35-daqiqada hamda Otabek Shukurov 43-daqiqalarda bittadan gol kiritib hisobni 1:3 ko'rinishiga olib kelishdi. 89-daqiqada Amirmuhammad Mazlum Eroning ikkinchi golini kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Eron - O'zbekiston 2:3

Gollar: Saidmajid Husayniy (5), Amirmuhammad Mazlum (89) - Dostonbek Hamdamov (13), Izzatilla Abdullaev (35), Otabek Shukurov (43).

"Bugun biz musobaqa davomidagi eng qiyin o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Biz Eron terma jamoasi juda kuchli ekanligidan, ayniqsa, o'yinchilari jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka egaligidan, men juda ham yaxshi biladigan va hurmat qiladigan mutaxassis – Ali Do'stmehr qo'l ostida jangovar jamoa borligidan xabardor edik. Biz Ozarboyjondagi xalqaro musobaqada Eronga qarshi to'p surganmiz. Bugun bizga, qaysidir manoda, biroz bo'lsa-da omad ham kulib boqdi. Bugungi o'yin uchun, so'nggi daqiqalarga qadar maydonda bor kuchi bilan harakat qilgani uchun shogirdlarimga rahmat aytishni xohlardim. Men ulardan juda ham minnatdorman.

Hozirgi musobaqaning avvalgilari bilan taqqoslab bo'lmaydi, ularning har biri o'zicha alohida. Men bugun Eron ustidan qozonilgan g'alabani to'rt yil avval Toshkentda, aynan shunday musobaqa doirasidagi mag'lubiyat uchun revansh deb hisoblamayman. Shuningdek, ikki yil avvalgi musobaqa finalidagi mag'lubiyat haqida ham hech narsa deya olmayman, chunki, yana qaytaraman – bularning bari boshqa-boshqa musobaqalardir.

Finalga Yaponiya yo'l oldimi, Iroqmi, farqi yo'q; finalda kuchsiz jamoa o'ynamaydi. Yaponiya ham, Iroq juda yaxshi, kuchli tarkibga ega bo'lgan jamoalardir. O'ylashimcha, ikkinchi yarim final juftligidan kim finalga yo'l olishidan qatiy nazar, bizni oldinda juda ham qiziqarli final o'yini kutib turibdi", - deya fikr bildirdi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev.


Musobaqaning final uchrashuvida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Yaponiya o'smirlariga qarshi maydonga tushib penaltilar seriyasida g'alaba qozondi. O'yin raqibning faolligi bilan boshlandi. Ular dastlabki daqiqalardanoq tashabbusni qo'lga oldi va 6-daqiqaga kelib hisobda oldinga chiqib oldi. Mizutani Takuma o'zbekistonlik himoyachilarning xatosidan foydalanib, jarima maydoni markazida to'pni qabul qilib oldi va osonlik bilan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi.

Bu gol o'zbekistonlik futbolchilarga salbiy tasir qildi va bo'lim o'rtalarigacha ular raqibga tashabbusni butkul berib qo'ydi. Ammo Yaponiya imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bo'lim oxirlariga kelib "oq bo'rilar" jonlanib qolishdi va dadillik bilan xujumga o'ta boshlashdi. Tanaffusgacha hisob shu ko'rinishda qoldi.

Ikkinchi bo'limni Dilshod Nuraliev shogirdlari ancha faol boshladi. Markaziy Osiyo vakillari keskin xujumlar orqali raqibni shoshirib qo'yishdi va 51-daqiqada himoyachilarning xatosidan foydalangan Akobir To'raev darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, uni dog'da qoldirdi. Hisob tenglashgandan so'ng tashabbus yana “kunchiqar yurt” o'smirlariga o'tdi. Biroq hisob o'yin oxirigacha o'zgarmadi.

Penaltilar seriyasida esa Sarvar Karimov xaqiqiy qahramonlik ko'rsatib, raqibning ikkita zarbasini qaytardi, yana bitta zarba esa noaniq ketdi. O'z navbatida o'zbekistonlik futbolchilar biror marta adashmasdan, penaltilarni aniq amalga oshirib - 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'ZBEKISTON – YAPONIYA 1:1, pen - 3:1

Hakamlar: Abdulrahmon Abdu (Qatar), Abdulloh Al Shalvay (Saudiya Arabistoni), Xsu Min YU (Xitoy Taypei), Strebre Delovski (Avstraliya)

Komissar: Jerri Xuang Song (Xitoy).

Gollar: Akobir To'raev (51) – Mizutani Takuma (6).

O'ZBEKISTON (U-16): 1. Sarvar Karimov, 2. Jamshid Boltaboev, 3. Islom Ismoilov, 4. Akromjon Komilov, 6. Ulug'bek Davlatov (8. Ilhom Abdug'aniev, 64), 7. Ravshan Xursanov, 9. Ibrohim Abdullaev, 11. Akobir To'raev (13. Alisher Mirzaev, 90), 14. Islombek Karimov, 17. Dostonbek Hamdamov (16. Adham Ahmadjonov, 46), 20. Otabek Shukurov.

YAPONIYA (U-16): 1. Yuya Nagasava, 2. Ryoma Ishida (9. Ogava Xiroki, 78), 4. Suzuki, 5. Motegi, 6. Sasaki Vataru, 8. Taro Sugimoto, 11. Aoyama (14. Sugimori Koki, 57), 12. Mizutani Takuma (Kayo Kitagore, 88), 15. Kota Miyamoto, 17. Koji Miyoshi, 20. Miyaxara Kazuya (S).

Ogohlantirish: Dostonbek Hamdamov 45

"Shuncha yo'lni bosib o'tib, finalga etib borganimizdan keyin Yaponiya terma jamoasining kuchini yaxshi bilardik. Ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Yaponiyaning kuchini barcha ko'rdi. O'smirlarimizga rahmat aytaman. 19 kun bir joyda futbol o'ynash og'ir, ayniqsa bu yoshda. Ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirdik va yigitlarni penalti tepishni o'rgatganimiz uchun bo'lsa kerak, omad biz tomonda bo'ldi.

Hushtakdan keyin bu holatni so'z bilan aytib bo'lmaydi. Barchamiz ko'zda yosh bilan g'alabani nishonladik. Bizning holatimizni o'sha joyda bo'lgan odamgina yaxshi his qila oladi", dedi Dilshod Nuraliev final o'yini haqida.

Qiziq tomoni, chempionlar safida ham Islom Ismoilov degan futbolchi bo'lgan. Biroq bu yaqinda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini chempionlik sari etaklagan murabbiy emas. Sababi mutaxassis o'sha paytda 20 yoshni qarshi olgan.

O'zbekiston to'smirlar terma jamoasi Erondan qaytgach, tantanali ravishda kutib olindi. Futbolchilar 4 million so'm pul mukofoti, shuningdek, televizor va noutbuklar bilan taqdirlangan.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+3   
23 apr 12:10:01
From Yakkabag
Nasafdan biror futbolchi olinmagan ekan
+3   
23 apr 11:56:17
БЕК@
Отабек Шукуровдан бошқалари МТЖда ўйнай олмади. Достон Ҳамдамов, Акром Комилов, Сарвар Каримов ва Иззатилла Абдуллаевлардан бошқалари ҳатто суперлигада ҳам кўриниш бермади, изсиз йўқолди. Акобир Тўраевдан умидимиз катта эди, афсус
+1   
23 apr 12:31:41
Ahadjon Xolmirzaev
PFCNasaf (O‘zbekiston) foydalanuvchining fikriga javob berish
Дилшодни жамоаси Аллохни ёрдами ва омад туфайли чемпион бўлган эди, Исломни жамоаси эса яратганнинг мадади ва кучли ўйин эвазига ғалаба қилди.
Ha ikkisigayam Alloh yordam bermasa ģolib bòla olmasdi,Dilshod Nuraliev himoyaviy taktikada òynaganXindiston bilan òyindan boshqa biror òyinda ustunlik qilmagan,ammo Islom shogirtlarini tòliq hujumkor òynatdi va bir tekisda raqiblaridan ustun òynab yutdi.
+1   
23 apr 11:53:50
PFCNasaf (O‘zbekiston)
Дилшодни жамоаси Аллохни ёрдами ва омад туфайли чемпион бўлган эди, Исломни жамоаси эса яратганнинг мадади ва кучли ўйин эвазига ғалаба қилди.
   
23 apr 21:53:09
Алёш ака
Аббос Махситалиев нималар қилиб юрибдиякан , кўринмай кетди
   
23 apr 18:13:21
Бахтиёр Ашуров
Odilbek Abdushukurov foydalanuvchining fikriga javob berish
Meksikadagi jahon chempionatida qatnashgan yoshlarga o‘xshab yo‘qolib ketmasin deymanda.
Айтганча мексикада иштирок етганлар. Чемпион бўлишмаган. ОК финалида Тошкентда Ш. Кореяга 0:2 ютқазишган. Ўшанда Темур Хакимов ва Мақсададиевлар йўнаган. Нуралиевни жамоаси бошқ. Эрондаги финалда японияни ютган.
   
23 apr 16:06:18
Ўзбек футболининг муҳлиси
2012-йил октябр ойи ва биз пахта теримида эдик. Ўшанда 8 ёшли шахматчи ва 16 ёшли футболчилар чемпион бўлибди деб эшитгандик
   
23 apr 15:40:35
Бахтиёр Ашуров
Odilbek Abdushukurov foydalanuvchining fikriga javob berish
Meksikadagi jahon chempionatida qatnashgan yoshlarga o‘xshab yo‘qolib ketmasin deymanda.
Шундайкуя. Лекин улар ҳаминқадар таминот биланам зўр бўлишган!
   
23 apr 15:26:06
Mersisayd
БЕК@ foydalanuvchining fikriga javob berish
Отабек Шукуровдан бошқалари МТЖда ўйнай олмади. Достон Ҳамдамов, Акром Комилов, Сарвар Каримов ва Иззатилла Абдуллаевлардан бошқалари ҳатто суперлигада ҳам кўриниш бермади, изсиз йўқолди. Акобир Тўраевдан умидимиз катта эди, афсус
Жамшид болтабоевни унутдиз
   
23 apr 13:53:22
Odilbek Abdushukurov
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Қанақа машина ҳақида гапириябсиз? У даврларда ЎзФАси томонидан. Ҳозиргидек ўсмирларимизга шароитлар қилиб берилмаган. Шундай бўлсада улар Эрон Ж.Корея япониядек гигантларни енгиб чемпион бўлишган. Қаёқдаги таиланд индонезияни эмас. Тўғри ҳозиргилар ҳам, зўр. Айниқса финалда қаҳрамонлик кўрсатишди. Лекин ҳозирги чемпионларимизга қанақа зўр шароитлар қилиб беришди. Нуралиевни даврида эса. Ҳозирги ўртоқлик учрашувлари. Шароитлар ва машиналарни ўсмирларими орзуям қилишмаган!
Meksikadagi jahon chempionatida qatnashgan yoshlarga o‘xshab yo‘qolib ketmasin deymanda.
   
23 apr 13:25:58
Бахтиёр Ашуров
Designer foydalanuvchining fikriga javob berish
Islom Ismoilov 2012 yil 16 yosh Islom Ismoilov 2025 yil 32 yosh
Ўсмир 96. Бу мураббий 92 йил.
   
23 apr 13:20:40
Designer
Islom Ismoilov 2012 yil 16 yosh
Islom Ismoilov 2025 yil 32 yosh
   
23 apr 13:12:21
Haqiqat-2
Мана шу таркибдаги Ислом Исмоилов мураббийимиз эмасмикан, Пахтакор таркибидан олинган экан таркибга))) уша пайтларда Муродбек Исмоилов Пахтакор структурасида ишлар эдиде... Ёши тугри келмаяпти, лекин кейинчалик бунака футболчи чикмадия
   
23 apr 13:04:37
Бахтиёр Ашуров
Odilbek Abdushukurov foydalanuvchining fikriga javob berish
Dilshod Nuraliyev va uning shogirdlari ko‘pi mashina olishgach yo‘q bo‘lib ketishdi. Meksikadagi jahon chempionatida qatnashgan bolalari ham. Ish qilib, Islom Ismoilovni o‘yinchilari ham shunaqa yo‘qolib ketmasa bo‘ldi. Shu mashina berilishi baribir noto‘g‘ri deb o‘ylayman yosh o‘spirinlarga. Bu ulardagi motivatsiyani o‘ldiradi, menimcha.
Қанақа машина ҳақида гапириябсиз? У даврларда ЎзФАси томонидан. Ҳозиргидек ўсмирларимизга шароитлар қилиб берилмаган. Шундай бўлсада улар Эрон Ж.Корея япониядек гигантларни енгиб чемпион бўлишган. Қаёқдаги таиланд индонезияни эмас. Тўғри ҳозиргилар ҳам, зўр. Айниқса финалда қаҳрамонлик кўрсатишди. Лекин ҳозирги чемпионларимизга қанақа зўр шароитлар қилиб беришди. Нуралиевни даврида эса. Ҳозирги ўртоқлик учрашувлари. Шароитлар ва машиналарни ўсмирларими орзуям қилишмаган!
   
23 apr 12:55:07
Бахтиёр Ашуров
PFCNasaf (O‘zbekiston) foydalanuvchining fikriga javob berish
Дилшодни жамоаси Аллохни ёрдами ва омад туфайли чемпион бўлган эди, Исломни жамоаси эса яратганнинг мадади ва кучли ўйин эвазига ғалаба қилди.
Ўшанда Нуралиевнинг жамоасиям ёмон таъсурот қолдирмаган. Лекин ўша йилларда гарчи ҳозиргидек ташкилий ишлар йўлга қўйилмаган бўлсада. Эрон Ж.Корея япониядек гигантларни ютиб чемпион бўлишган. Исломни жамоаси таиланд индонезия. Ва энг кучлиси. Майдон эгалари саудияниям аҳволини кўринг. Мен бу билан ҳозирги рақибларни кучсиз - демоқчи эмасман. Ҳар қалай олдингилар хаминқадар таминот билан гигандларни ютиб чемпион бўлишган!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика