Slavche Voyneski: "Xatolarni etiborni yo'qotganimiz bilan izohlagan bo'lardim"
08 apr 2022 00:42
Yangiliklar
Slavche Voyneski: "Xatolarni etiborni yo'qotganimiz bilan izohlagan bo'lardim"
OCHL 1-turida "Sepaxon"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:3) "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yinni ikkiga bo'lgan bo'lardim. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik, gol urdik, yaxshi harakatlandik. Biroq ikkinchi bo'limda standart holatlardan keyin ikki marta qo'pol xato qildik va hisobda ortda qola boshladik. Keyin oldinga tashlanib, uchinchi golni o'tkazdik.
Ruhiy va jismoniy tayyorgarlik yonma-yon yuradi. Xatolarni etiborni yo'qotganimiz bilan izohlagan bo'lardim. Bu bizga qimmatga tushdi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, buning uchun ularga rahmat.
"Al Taavun" bilan oson bo'lmaydi. Guruhda barcha bellashuv og'ir kechadi, buni o'yindan oldin ham aytib o'tgandim. Yaxshi saviyali jamoalar jamlangan guruhdan joy olganmiz", -deydi Slavche Voyneski.
Fikrlar