Skoulz "Manchester Yunayted"ning eng muhim futbolchisini aytdi
15 jan 2023 13:15
Yangiliklar


Skoulz "Manchester Yunayted"ning eng muhim futbolchisini aytdi
"Bu Kazemiro. Bu borada menda hech qanday shubxa yo'q. SHunchaki nima sababdan uni boshida maydonga tushirishmaganini tushunmayapman. Balki uning jamoaga moslashib olishini kutishgandir. U asosiy tarkibda maydonga tushayotganidan buyon oldingi o'yinlardagi farq sezilarli ekanligi ko'rindi.
Menimcha, "Yunayted" hujumkor futbolchilar olaverib, vaqtni yo'qotdi. Jamoa hujumida o'ynayotgan futbolchilarga to'p etib bormayotgandi ham. U kelganidan keyin oldinda o'ynayotgan futbolchilarning mahorati ham ko'rina boshlandi.
O'z navbatida u Brunu Fernandesh va Kristian Eriksenning erkinroq o'ynashiga ham sabab bo'lmoqda. Endi himoya va yarim himoyani bog'laydigan futbolchi kuchli bo'ldi, shu sababli hozir barchasi jamoaning birinchi davradagi o'yinidan keskin farq qilmoqda", - dedi Skoulz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar