Skoulz: "SSKAga qarshi o'yinda MYU ijrosidagi o'yin umuman yoqmadi"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2015, 14:47
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz SSKAga qarshi o'yindagi "qizil iblislar o'yiniga baho berdi.

"Arena Ximki" stadionida o'tgan o'yin 1:1 hisobida yakunlandi.

"SSKAga qarshi o'yinda "Manchester Yunayted" ijrosidagi o'yin umuman yoqmadi. Mehmonda ochko olishdi, ammo MYUdek jamoadan ko'prog'ini kutasiz. Ikkinchi bo'lim birinchisidan yaxshiroq bo'ldi, futbolchilar jarima maydonchasida ochila boshlashdi. Shunday qilib gol urildi. Umuman olganda natija yomon emas, bu ochko MYUning guruhdan chiqishi uchun kerak bo'lishi aniq" - deydi Skoulz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BT Sport