So’nggi yangiliklar

22:10Ла Лига. "Реал"дан йирик ғалаба. Эндрик мадридликлар сафида дебют голини урди  9 22:07Суперлига. "Насаф" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, таъқибчилар билан фарқни янада оширди  63 21:50МЮ Скотт Мактоминейни "Наполи"га сотишга рози бўлди. Трансфер нархи маълум  0 21:33Суперлига. "Локомотив" – "Қизилқум" 4:2. Highlights  1 20:47Бундеслига. "Бавария" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  5 20:20Лига 1. Ҳусанов захирадан майдонга тушган ўйинда "Ланс" ғалаба қозонди. Клуб 100% лик натижа қайд этмоқда  1 20:16АПЛ. "Челси" "Вулверхэмптон"га қарши ўйинда янги мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  9 20:07АПЛ. "Ливерпуль" – "Брентфорд". Таркиблар аниқ!  2 19:55Суперлига. 10 дақиқа ичида 4 та гол ўтказиб юборган "Қизилқум" сафарда "Локомотив"га ютқазди  36 19:20Қозоғистон. "Ордабаси" – "Актобе": ўзбекистонлик икки футболчи ҳам бошланғич таркибда  1 18:47"Ал Насср"да барчаси жойида. Роналду жамоаси бир йўлла икки нафар юлдуз билан шартнома тузмоқчи  12 18:11АПЛ. "Челси" "Вулверхэмптон" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 17:14"Локомотив" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:58"Комо" тўхтамаяпти: клуб "Манчестер Сити" футболчисини ўз сафига қўшиб олди  2 16:31"Ювентус" хавбекини ижарага бериб юборди  0

Siz ham payqadingizmi? MYU futbolchisi raqamida PSJ logotipi bo'lgan futbolkada maydonga tushdi Yangiliklar

Siz ham payqadingizmi? MYU futbolchisi raqamida PSJ logotipi bo'lgan futbolkada maydonga tushdi

PSJ hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinida 17 yoshli Meyson Grinvud "qizil iblislar" safida debyut uchrashuvini o'tkazdi.

Ushbu yigitcha Jerar Pike rekordini yangilab, "Yunayted"ning CHempionlar ligasidagi eng yosh futbolchisiga aylandi.

Grinvud maydonda bor-yo'g'i 10 daqiqa (qo'shib berilgan vaqt bilan) bo'ldi, biroq tezda shov-shuv ko'tarishga erishdi. Yarim himoyachi kiygan futbolkaning raqamida PSJ logotipi bor edi! Aniqrog'i, 54-raqam ichida.


Bu xato yoki raqib ustidan kulish emas, shunchaki MYUda kiyimlar bilan shug'ullanadigan insonning qarori. Parijga uchishdan oldin jamoadagi jarohatlanganlar futbolchilar soni 10 kishiga etdi, shu sababli Sulsher qaydnomaga Grinvud, Jeyms Garner (17 yosh), Tait CHong (19 yosh) va Eynjel Gomesni (18) kiritdi.

MYUning qaydnomasi jamoa Parijga uchib ketayotganda, seshanba kuni elon qilindi. Formalarga javob beruvch kishiga debyutantlarga libos tayyorlash uchun vaqt etmadi, Franciya poytaxtiga uchib borgandan so'ng futbolkalarga bazi detallar etishmayotgandi. O'sha inson PSJdagi hamkasblaridan Grinvud uchun 5 va 4 raqamlarini so'radi. Parijliklarning logotipini aniqlash qiyin bo'lishi uchun u biroz bo'yalgan, ammo ajralib turibdi.

CHong yoki Gomesning futbolkalarida PSJ logotipi bor yoki yo'qligi malum emas (suratkashlar ularni rasmga olishmagan), ammo Smolling formasida hammasi to'g'ri edi.

Meyson Grinvud debyut uchrashuvidagi formani saqlab qo'yadi. Endi bu libos ikki baravar o'zgacha.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика