So’nggi yangiliklar

11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   1 10:55Қоил! Аморим тен Хагнинг антирекордини янгилади  3 10:22Аббосбек Файзуллаев «Монако» ҳақидаги саволга жавоб берди  3 10:07Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси  1 09:47Бир йил аввал саратон билан курашган футболчи Тожикистонда «йил футболчиси» бўлди  0 09:10«Бунёдкор» терма жамоамизнинг икки нафар футболчиси билан музокара олиб бормоқда  1 08:37Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистондаги энг тез футболчи ким эканлигини айтди  5 08:0620 кун аввал "Навбаҳор" билан икки йиллик шартнома тузган футболчи легионерга айланди  2 07:31Янги мавсумда Про лигада ўйнамайдиган «Дўстлик» етакчисини сотувга қўйди  1 05:09АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида иродали тарзда "Лестер"ни мағлуб этди  6 01:20АПЛ. "Бўрилар" "Қизил иблислар"ни ғажиб ташлади  32 00:57Энцо Мареска: "95-дақиқада гол ўтказиб юбориш ёқимсиз"  3 00:28АПЛ. Бруну қизил олган, Онана бурчакдан гол ўтказиб юборган учрашувда МЮ "бўрилар"га мағлуб бўлди  23 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  3 23:10"Фулхэм" сўнгги марта "Челси" майдонида қачон ғалабага эришганди?  3

Maksim SHackix yorildi: "Bu tomorqada qanday qilib futbol o'ynash mumkin, bilmayman" Yangiliklar

Maksim SHackix yorildi: "Bu tomorqada qanday qilib futbol o'ynash mumkin, bilmayman"

Superliganing 14-turida qoldirilgan "Paxtakor" - "Surxon" bahsidan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" ustozi Maksim SHackix ishtirok etdi.


- O'yin haqida hech qanday gapim yo'q. "Surxon" yarim maydondan ikki marta o'tdi va penalti tepdi. Haqiqat shunday. Hakamlik haqida gapirishni yoqtirmayman. Hamma xursand, "Paxtakor"ning ovozini o'chirib qo'yishdi. Hali o'yinni ko'rib chiqamiz. Men doimo futbolchilarim va hakamga gapiraman. Sizlar esa o'zingizni hurmat qilishingiz kerak. Bo'lmasa bir umr latta bo'lib qolib ketasiz. SHu sababli o'zingizni hurmat qiling va masxaraboz kabi tutmang. Sariq futbolchining yiqilib tushishi o'ylangandek, soniya ham o'tmay bunga reakciya qilindi. Buni barcha kutib turgandek bo'ldi. "Bunyodkor" bilan ham shunday pauza ko'rdik. Bosh hakam penalti bermadi, keyinchalik qanot hakami ishora qilganidan so'ng penalti berildi. Takrorlayman, biz yanada hujumkorroq va jangovarroq bo'la olamiz. Agarda vaziyatlarimizni urganimizda, hisob boshqacha bo'lardi. Balki 5-6ta gol urgan bo'lardik. Barchasini ko'rib chiqamiz, chunki biz futbolchilardan boshqa narsalarni talab qilgandik. Borini qabul qildik. Hech nima qila olmaymiz, epizodlar uchun ochko berilmaydi va ishlashda davom etamiz.

- O'yin davomida raqib posboni seyvlar qilaversa, yuqori darajani ushlab qolsa, bahsda qanday o'zgarishlar qilish kerak bo'ladi?

- Futbol hech nimani kechirmaydi, bu gapni futbolchilarimga ko'p aytaman. "Lokomotiv" bilan ham birinchi bo'limda shunday o'ynagandik. O'yindan oldin ham yigitlardan o'sha kabi jangovarlik, hujumkorlikni saqlab qolishini so'ragandik. Futbolni esa alday olmadik. Keyin biror nimani o'zgartira olmaymiz, buni yaxshi bilaman. Bunday holatda nimalarnidir o'zgartirish juda qiyin. 99,9 foizlik vaziyatlar darvozaga kirmasligi mumkin: ustunga yoki to'singa tegishi, darvozaning yonidan o'tib ketishi mumkin. Bunday paytda biror nimani o'zgartirish ham shart emas. Lekin futbol bunday narsalarni kechirmaydi. Ha, maydon falokatli holatda. Bu chimda biz o'zimiz istagan futbolni ko'rsata olmaymiz. "Bunyodkor" va "Jar" stadionlarida nimalar bo'lganini bilmayman. Ikki oy oldin bu erda zo'r stadion bor edi. Bu tomorqada qanday qilib futbol o'ynash mumkin, bilmayman. Umuman ilojsiz. Yoki bizda tuzukroq mutaxassislar yo'q yoki nimalar bo'layotganini men tushunmayapman. Faqatgina bu erda emas, Namangan va Andijonning maydonlari ham yomon holatda. Barcha maydonlar "o'lgan". Biz futbol o'ynamoqchi bo'lsak, buni yaxshilashimiz kerak. Biz shunchaki to'pni ushlab turib, o'yinni nazorat qilishni, agressiv futbol o'ynashni istaymiz. Tushunarli, maydon hamma uchun bir xil, lekin taktikalar har xil. Biz hujum qilyapmiz, ular bum tepib yuborishyapti to'pni. SHu sababli barchadan maydonlarga yaxshi qarashni iltimos qilgan bo'lardim. O'zbekiston iqlimida buning uchun nima halaqit qilishini esa tushunmayapman. Biz arab davlatlariga boramiz, u erdagi stadionlar bilyard stoli kabi tekis. Balki ularda chim turi boshqachadir yoki iqlimi mosdir. Qadam va qadam rivojlanishda davom etamiz.

- Hakamlik haqida gapirmayman dedingiz. Ikkinchi bo'lim boshida "Surxon" futbolchisi Abdurauf Bo'rievga qarshi juda qo'pol o'ynadi. Biroq bosh hakam bu erda qizil emas, sariq kartochkasini cho'ntagidan chiqardi.

- Bu erda barchasi aniq. Raqib futbolchisi oyog'ini tikka ko'tardi. Lekin shu erda ham bosh hakam birdaniga reakciya qilmadi. VAR esa kelib ko'rgin, qo'pollik qattiqroq bo'ldi deb aytdi. Oradan bir yarim daqiqa o'tib u sariq kartochkasini berdi. Qizil bo'lishi uchun futbolchining to'pig'i sinish kerak bo'lsa kerak. O'zbekistonda biz toza futbol vaqti bilan barchadan oldindamiz. Har o'yinda 46 daqiqa. Bunday futbol bilan qaerga bormoqchimiz? Jahon chempionatiga chiqamizmi yoki Olimpiadani yutamizmi? 46 daqiqa! Yigitlar, buni rivojlantirish kerak. Evropaning istalgan chempionatlarini qarang, futbol tezlashib ketyapti. Hakamlarni deyarli sezmaymiz. Faqatgina jiddiyroq holatlarda ko'ramiz, boshqa paytlarda ular maydonda ko'rinmaydi. Namanganda bosh hakam 5 daqiqa VARni eshitdi, 5 daqiqa yana VARni ko'rdi. Ikkinchi marta ham shunday bo'lyapti. Bu futbolchilar o'yin ritmida bo'lib turadi va mana kutib oling katta pauza. Bu orqali nafaqat temp yo'qoladi, balki fikrlash ham. Futbol hakamlar uchunmi yoki biz? Biz muxlislar uchun futbol o'ynashni istaymiz, lekin ular bunga halaqit qilishmoqda. Hech qanday qo'pollik yo'q, to'p biz bilan, hushtak chalinadi va jarima zarbasi belgilanadi. To'p bizda bo'lsa, o'yinni to'xtatgandan nima foyda? Bu pauza nimaga kerak? Xatto bazida jiddiy qo'pollik bo'lganda ham ular jim turishadi. Yoki ular hakamlik qilishni bilishmaydi. Epizod yakunlanganidan keyin o'sha kartochkasini bersa bo'ladi. Futbol shunday rivojlanadi. Ular esa o'tirib, nimalarnidir tomosha qilib turishadi. Bu bilan shug'ullanadiganlar bor. Gap bizning mag'lub bo'lganimizda emas. Bugun 4:1 yutganimizda ham shunday derdim. Hakamlar futbol o'ynashimizga halaqit qilmasligi kerak.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика