So’nggi yangiliklar

22:44"Ювентус" собиқ футболчисига 6 ойлик шартли қамоқ жазоси берилди  0 22:13Офсайдни аниқлашнинг ярим автоматик тизими Англия футболига ҳам кириб бормоқда  0 21:50ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  10 21:13"Андижон" назорат ўйинида "Шахтёр"ни енгди  7 20:49"Сурхон" Туркия йиғинини ғалаба билан якунлади  0 20:31"Андижон" "Бобур Арена"ни ОЧЛга тайёрламоқда  7 20:02"Мен "Манчестер Юнайтед"га умуман мухлислик қилмайман" — Рой Кин  6 19:39Мерсон: "Реал" "Манчестер Сити"ни пичоқни мойдан ўтказгандек кесиб юборади"  16 19:18Марушичнинг дубли "Нефтчи"га Грузия жамоаси устидан ғалаба келтирди. Учрашувда ўзбекистонлик ҳакамлар ва VAR ишлади  7 18:52Дунёнинг энг қиммат ҳимоячисига айланиши кутилаётган Салиба "Реал"га ўтишга рози  12 18:30U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг гуруҳдоши Эрон Индонезияга 3 та гол урди, Саудия Арабистони қийин ғалабага эришди  9 18:02"Манчестер Сити"га янги дарвозабон керак"  4 17:39"Нима дейишни ҳам билмайман" — Рубен Диаш  27 17:19Ўзбекистонлик ҳакамлар Туркияда йиғин ўтказмоқда  1 16:56Аканжи жиддий жароҳат олгани маълум бўлди  18

Superliga. 10 daqiqa ichida 4 ta gol o'tkazib yuborgan "Qizilqum" safarda "Lokomotiv"ga yutqazdi Yangiliklar

Superliga. 10 daqiqa ichida 4 ta gol o'tkazib yuborgan "Qizilqum" safarda "Lokomotiv"ga yutqazdi

Superliga 17-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Qizilqum" o'yini yakunlandi.

Lokomotiv

Jasur Hakimov - 11', Shodiyor Shodiboyev - 15', Sardor Abdunabiev - 18', Mixail Gashchenkov - 21'

Superliga. 17-tur

25/08/2024, 18:00

2
:
4
Tugadi

Qizilqum

Elguja Lobjanidze - 35', Elguja Lobjanidze - 54'

45'
90'
11'  Jasur Hakimov
11'  Valeriy Kichin
15'  Shodiyor Shodiboyev
15'  Sardor Abdunabiev
18'  Sardor Abdunabiev
18'  Sanjar Tursunov
21'  Mixail Gashchenkov
21'  Abdulaziz Abdurashidov
27'  Sanjar Tursunov (Dilshod Jo’rayev)
73'  Shodiyor Shodiboyev (Quvonchbek Abraev)
86'  Sardor Abdunabiev (Sobit Sindarov)
86'  Lazizbek Mirzayev (Anzur Ismoilov)
86'  Mixail Gashchenkov (Rustam Xolnazarov)
90'  Jasur Hakimov
27'  Roberts Ozols (Humoyunshox Sayyotov)
27'  Jamoliddin Ubaydullayev (Ilhom Vahobov)
27'  Davron Anvarov (Farrux Jo'raev)
35'  Elguja Lobjanidze
35'  Akaki SHulaya
54'  Elguja Lobjanidze
73'  Giorgi Kuxianidze (SHahzod Rahmatullaev)
73'  Baxtiyor Qosimov (Fayzullobek Jumanqo'ziev)
79'  Fayzullobek Jumanqo'ziev

"Lokomotiv" – "Qizilqum" 4:2

25 avgust. Toshkent viloyati. "Do'stlik" stadioni. 18:00 

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Qanot hakamlari: Islom Azimov, SHerzod Azamov 

Zaxira hakami: Sardor Mirodilov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Husan Xudoyberdiev 

Nazoratchi: Timur Galeev

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: 1:0 — 11, Jasur Hakimov (Valeriy Kichin), 2:0 — 15, SHodiyor SHodiboev (Sardor Abdunabiev), 3:0 — 18, Sardor Abdunabiev (Sanjar Tursunov), 4:0 — 21, Mixail Gashchenkov (Abdulaziz Abdurashidov), 4:1 — 35, Elguja Lobjanidze (Akaki SHulaya), 4:2 — 54, Elguja Lobjanidze (penalti).

"Lokomotiv": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 3. Valeriy Kichin, 7. Sardor Abdunabiev (27. Sobit Sindarov, 86), 10. SHodiyor SHodiboev (28. Quvonchbek Abraev, 73), 15. Jasurbek Hakimov, 17. Sanjar Tursunov (8. Dilshod Jo'raev, 27), 26. Abdulloh Yo'ldoshev, 70. Abubakr Rizo Turdaliev, 77. Lazizbek Mirzaev (55. Anzur Ismoilov, 86), 97. Mixail Gashchenkov (72. Rustam Xolnazarov, 86).

Zaxira: 12. Suhrobjon Sultonov, 9. Temur Mamasidiqov, 11. Konstantin Bazeluk, 22. Muhammadanas Hasanov.

"Qizilqum": 12. Robert Ozolc (1. Humoyunshox Sayyotov, 27), 6. Asror G'afurov, 7. Davron Anvarov (2. Farruh Jo'raev, 27), 8. Giorgi Kuxianidze (22. SHahzodbek Rahmatullaev, 73), 10. Elguja Lobjanidze, 11. Akaki SHulaya, 13. Nikolay Tarasov, 17. Muhammadali G'iyosov, 18. Baxtiyorjon Qosimov (77. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 73), 23. Samandar SHukurullaev, 71. Jamoliddin Ubaydulloev (4. Ilhomjon Vahobov, 27).

Zaxira: 9. Humoyun Abdualimov, 14. Fayzulla Qambarov, 79. Diyor Rahmatilloev.

Ogohlantirish: Fayzullobek Jumanqo'ziev (79), Jasurbek Hakimov (90).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Mehmonlar tomonidan yo'llangan jarima zarbasi kuchli va xavfli ko'rinish oldi, ammo to'p darvoza tomon aniq bormadi.

86. "Lokomotiv"da uchta o'zgarish sodir bo'ldi.

79. Biroz avval zaxiradan maydonga tushgan Jumanqo'ziev raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

75. Lobjanidzening raqib jarima maydonidagi navbatdagi zarbasi darvoza to'rining yon tomoniga tegdi.


73. Ikki jamoa tarkibida o'zgarishlar amalga oshirildi.

71. Xavfli vaziyat! Hakimov raqib jarima maydonida qulay nuqtadan turganiga qaramay, bosh bilan zarba yo'llay olmadi, "Qizilqum" darvozaboni to'pni egallab oldi.

67. Tarasov qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Hujum yakunida to'p aynan undan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

62. "Qizilqum" hujum qilayotgan pallada "Lokomotiv" jarima maydoni tarafda ikkinchi to'p to'xtab turgan ekan, hakam buni payqamagan.

58. Xavfli vaziyat! Sayyotov o'zi bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan raqib futbolchisining zarbasi yo'nalishini o'zgartirdi, undan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

54. GOL! Elguja Lobjanidze penaltidan "Lokomotiv" darvozasini ishg'ol qilib, hisobni qisqartirdi. Gruziyalik hujumchi chap tomonni nishonga oldi, Abdujalilov esa to'p yo'nalishini topa olmadi.

53. Hakam "Lokomotiv" darvozasi tomon penalti belgiladi.

51. Vahobovning uzatmasi "Lokomotiv" jarima maydonida mezbonlar himoyachisi Yo'ldoshevning qo'liga tegdi. Hakam VAR vaziyatdni monitorda ko'radi. 

48. Lobjanedze raqib jarima maydonida bosh bilan zarba yo'lladi, biroq unga bu safar omad kulab boqmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+4. Xavfli vaziyat! G'iyosovning zarbasini Abdujalilov qaytardi.

45+2. Xavfli vaziyat! Vahobov chap oyoqda chiroyli zarba yo'lladi, biroq uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. SHu daqiqalarning birinchisida mezbonlarning hujumi golga aylanishi mumkin edi, "Qizilqum" himoyachisi so'nggi pallada to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

43. Hakimovning navbatdagi zarbasi ancha noaniq ketdi.

41. "Lokomotiv"ning burchakdan uzatmasi zarba bilan yakunlandi, ammo to'p yo'nalishi noaniq ko'rinish oldi. 

35. GOL! Lobjanidze raqib himoyachisini dog'da qoldirgan holda to'pni o'ziga qulay to'g'rilab oldi va hisobni biroz qisqartirdi.

34. "Qizilqum" himoyachilari raqibga beshinchi golni sovg'a qilishga bir bahya qoldi. Sayyotov oxirgi pallada epchilroq harakat qilgan holda to'pni egallab oldi.

27. "Qizilqum"da birato'la uch o'zgarish ro'y berdi. "Lokomotiv" ham bitta o'zgarishga qo'l urdi.

"Qizilqum"ning birinchi bo'limdayoq bir xil uslubda, qarshiliklarsiz gol o'tkazib yuborishi shubhali. Meni mazur tuting, ko'p narsaga shubhalanadigan bo'lib qolganman.

21. GOL! "Qizilqum" bugun "ochiq eshiklar kuni" o'tkazmoqda. "Lokomotiv" bugungi o'yindagi to'rtinchi to'pini kiritdi, raqib jarima maydonida esa ketma-ket uchinchi marotaba bosh bilan darvozani ishg'ol qildi. Bu safargi gol Mixail Gashchenkov hisobiga yozildi. Navoiyliklar ustozi kubok o'yinidan so'ng bor etiborini Superligaga qaratishini aytgandi. Bu so'nggi o'yinlarda sezilib turibdi.


18. GOL! "Qizilqum" Toshkentga himoyachilarsiz kelgan ko'rinadi. Tursunovning uzatmasidan so'ng bu safar Abdunabiev bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

15. GOL! Hali o'ziga kelib ulgurmagan "Qizilqum" darvozasidan ikkinchi to'pni o'tkazib yubordi. Abdunabievning say-harakatlari natijasida jarima maydoni markazida turgan SHodiboev raqib darvozasini ishg'ol qildi!


11. GOL! Yon chiziqdan jarima maydoniga uzatilgan to'pni Jasur Hakimov bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

11. G'iyosovning akrobatik uslubda yo'llagan zarbasi kuchli chiqmadi, shu bois Abdujalilov qiyinchiliksiz to'pni ushlab oldi.


9. SHodiboev aldamchi harakatlari bilan raqib jarima maydoniga kirib borishga urindi, biroq sherigi uni tushunmadi.

8. Qosimov tomonidan yo'llangan jarima zarbasi kuchli bo'lmagani bois "Lokomotiv" darvozaboniga qiyinchilik tug'dirmadi.

7. Lobjanidzega nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Qizilqum"da standart vaziyat yuzaga keldi.

6. "Qizilqum"ning dastlabki hujumini Hakimov bartaraf etdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Lokomotiv" oq, "Qizilqum" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика