“Siti”ning “sharofati” bilan APLning beshinchi jamoasi ECHLda ishtirok etadi
15 fev 2020 01:56
Yangiliklar


“Siti”ning “sharofati” bilan APLning beshinchi jamoasi ECHLda ishtirok etadi
“Manchester Siti”ning evrokuboklardan chetlatilishi Angliya premer ligasining evrokuboklardagi kvotasiga tasir o'tkazmaydi.
SHu bois APL turnir jadvalida joriy mavsum yakunida beshinchi o'rinni egallagan jamoa ECHLga yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin. Buning uchun “Manchester Siti” APLda mavsumni top-4 da yakunlashi lozim bo'ladi.
UEFAning taqiqi faqat “Manchester Siti” uchun amalda bo'ladi.
APL 25-turidan keyin “Siti” 51 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi pog'onani band etib turibdi. Ayni paytda 39 ochko jamg'argan “SHeffild Yunayted” beshinchi pog'onani band etgan. Undan keyingi o'rinlarda “Tottenxem” (37), “Everton” (36), MYU (35) va “Vulverxempton” (35) borishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar