"Siti" "Napoli"dan qattiq xafa bo'ldi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2018, 14:35
"Manchester Siti" "Napoli" bilan boshqa transfer muzokaralarini o'tkazmaydi.

Gap shundaki, "shaharliklar" uzoq muddat yarim himoyachi Jorjinoni xarid qilish uchun Italiya klubi bilan muzokara o'tazdi, ammo transferning so'nggi bosqichlarida neapolliklar futbolchini "Chelsi"ga sotib yubordi. "Siti"dagilarning fikricha, yarim himoyachi ularning safiga o'tmoqchi edi, ammo "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis ko'proq foyda topish uchun futbolchini "Chelsi"ga pulladi.

Jorjino 60 mln. evro evaziga "Chelsi"ga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN