"Siti" Manchiniga shartnomada ko'rsatilgandan ikki baravar ko'p pul to'lagan ekan

Aslanov Jasurbek
9 noya 2018, 14:33
"Manchester Siti" klubi 2009-2013 yillarda "shaharliklar"ni boshqargan Roberto Manchinining haqiqiy maoshini yashirgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik mutaxassis har yili klubdan 3,2 mln funt olgan. Shartnoma bo'yicha uning maoshi 1,45 mln funt bo'lgan. Manchini mablag'ning qolgan qismini (1,75 mln funt) "Manchester Siti" egasiga tegishli bo'lgan BAAning "Al-Jazira" klubidan olgan. Ma'lum bo'lishicha, bu mablag' mutaxassisga maxsus maslahatchi xizmati uchun to'langan.

"Manchester Siti" Manchini qo'l ostida Angliya Premer-ligasi g'olibiga aylangan edi. Ayni damda mutaxassis Italiya terma jamoasini boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Leaks