Simone Indzagi: “Bunchalik muvaffaqiyatli startni orzu ham qilmagandik”
22 avg 2021 08:48
Yangiliklar
Simone Indzagi: “Bunchalik muvaffaqiyatli startni orzu ham qilmagandik”
“Inter” bosh murabbiyi Simone Indzagi jamoasining Italiya A seriyasi ilk turida “Jenoa” ustidan (4:0) qozonilgan g'alabasi haqida gapirdi.
“G'alaba qozonishmizga ishonchim komil edi. Futbolchilarda motivaciya juda yuqori edi. Stadionga muxlislarimizning qaytishi va yirik g'alabaga erishish buni anchadan buyon orzu qilgandik.
Lukakuning jamoani tark etishi kutilmaganda amalga oshdi, ammo Jeko tezda o'zini ko'rsata oldi. Qolaversa, bizga yana bir qator yaxshi saviyadagi futbolchilar zarur”, deya Indzagining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
“Inter” Italiyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Hamyurtimiz Eldor SHomurodov to'p tepgan “Jenoa” o'tgan mavsumni 11-pog'onada yakunlagandi.
Fikrlar