Simeone shartnomani uzaytirishga rozi. Mutaxassis shuningdek rahbariyatdan Lautaroni xarid qilishni so'radi
06 iyu 2021 13:22
Yangiliklar
Simeone shartnomani uzaytirishga rozi. Mutaxassis shuningdek rahbariyatdan Lautaroni xarid qilishni so'radi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone klubi bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'ldi.
Argentinalik mutaxassis bilan tuziladigan yangi shartnoma 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Bitim borasida deyarli kelishuvga erishildi.
Diego Simeonening Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Argentinalik jamoani 2011 yilning oxirida qabul qilib olgandi.
Manbaning xabariga ko'ra, Diego Simeone klub rahbariyatidan hujum chizig'ini Lautaro Martines bilan kuchaytirishni so'radi. Hujumchi "Inter"da o'ynamoqda, klub moliyaviy vaziyat sabab uning sotuvi uchun ochiq bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
03:15
Bir oy oldin Vinisiusga qizil kartochka ko'rsatgan hakam "Real" - "Atletiko" bahsiga tayinlov oldi 75
Fikrlar