Silva APL tarixida 39+ yoshida gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi
13 noy 2023 09:26
Yangiliklar
Silva APL tarixida 39+ yoshida gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi
“CHelsi” klubining braziliyalik himoyachisi Tiago Silva Angliya premer-ligasining 12-turi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda (4:4) gollardan birini kiritdi.
SHu tariqa, APL tarixida 39+ yoshida gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi. Unga qadar Din Uindass, Teddi SHeringem, Rayan Giggz kabi futbolchilar 39+ yoshida APLda gol urishni uddalashgan.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Silva "CHelsi"ga 2020 yilda kelib qo'shilgan. Bu vaqt ichida braziliyalik himoyachi London klubi safida 127 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Joriy mavsumda braziliyalik barcha turnirlarda 12ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar