

Shu tariqa, APL tarixida 39+ yoshida gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi. Unga qadar Din Uindass, Teddi Sheringem, Rayan Giggz kabi futbolchilar 39+ yoshida APLda gol urishni uddalashgan.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Silva "Chelsi"ga 2020 yilda kelib qo'shilgan. Bu vaqt ichida braziliyalik himoyachi London klubi safida 127 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Joriy mavsumda braziliyalik barcha turnirlarda 12ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.



