"Milan" sobiq "qariya"sini qaytarmoqchi

Mirjalol Normatov
21 noya 2025
"Milan" qishda Tiago Silva bilan shartnoma imzolamoqchi.

Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri qishda jamoaga tajribali markaziy himoyachi olib kelishini talab qilgan. U orqali jamoa chempionlik uchun kurasha olishini aytgan.

Agarda Silva qaytadigan bo'lsa, u A Seriyada o'ynaydigan eng yoshi katta futbolchiga aylanadi va bu borada Luka Modrichni ortda qoldiradi.

Ma'lumot uchun, braziliyalik 41 yoshli futbolchi 2009-2012 yillar davomida "Milan"da o'ynagan va 93 o'yinda 5 gol urgan.

Ayni damda u Braziliyada "Fluminense" sharafini himoya qilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport