Silva APL tarixida 39+ yoshida gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi

Nozimov Nig'monxo'ja
13 noya 2023, 09:26
“Chelsi” klubining braziliyalik himoyachisi Tiago Silva Angliya premer-ligasining 12-turi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda (4:4) gollardan birini kiritdi.

 Shu tariqa, APL tarixida 39+ yoshida gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi. Unga qadar  Din Uindass, Teddi Sheringem, Rayan Giggz kabi futbolchilar 39+ yoshida APLda gol urishni uddalashgan.

Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Silva "Chelsi"ga 2020 yilda kelib qo'shilgan. Bu vaqt ichida braziliyalik himoyachi London klubi safida 127 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Joriy mavsumda braziliyalik barcha turnirlarda 12ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com