Siyqaci chiqqan mavzu - TAQVIM!
05 iyu 2014 14:49
Yangiliklar
Siyqaci chiqqan mavzu - TAQVIM!
Bugun soat 19:30da "Paxtakor" 13-turning markaziy o'yinida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.
Ammo bu o'yinni na stadionda, na TVda ko'rish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Ko'pchilikning stadionga kelmasligi sababi, uyda soat 21:00da JCH o'yinini ko'rish, bo'lsa, yana kimlardir bunday issiqda ko'chaga chiqqisi kelmaydi. Bunday pallalarda najot TVdan. Ammo aynan shu o'yinni TV to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmaydi. Bu erda Argentina - Belgiya o'yini bor.
Sal avvalroqqa qaytamiz. JCH paytida tanaffus elon qilishga men ham qarshiman, chunki yozning chillasida dam olgan maqulroq. Ikki oylik tanaffus esa ortiqcha. Biro lekini bor, har doimgidek bizda lekini bo'ladi. JCH taqvimi tuzib chiqilganiga necha yillar bo'ldi. Aynan qaysi kunda o'yinlar bo'lishini FIFA o'z taqvimida ko'rsatib qo'yganiga ancha bo'ldi. Buni hamma bilardi, shu jumladan PFL ham.
2 va 3 iyul kunlari JCH dam oldi. 2 iyul kuni ham mundial o'yinlari bo'lmadi. Taqvim tuzishdagi etiborsizlik natijasida FIFA dam olgan kunlari O'zbekiston chempionati va kubogi ham bo'lmadi, FIFA o'yinlari kuni esa markaziy o'yinlarimiz o'tkazildi. Bu narsani PFL boshidanoq bilgandi. Lekin nima uchundir etiborsiz qoldirishgan. Masalan, 1 iyul kuni muxlislar "Nasaf" - "Bunyodkor", "Paxtakor" - "Lokomotiv" o'yinidan Argentina - SHveycariya o'yinini ustun qo'ydilar. Qarshidagi chempionat o'yinida 20 000 nafarga yaqin muxlis kelgan edi. "Nasaf"ni finalga olib chiqishi mumkin bo'lgan o'yinga esa sakkiz ming nafar. Vaholanki, 2 iyul kuni JCHda bironta o'yin bo'lmas edi. Xuddi shunday bugun muxlislarga "Paxtakor" - "Bunyodkor" o'yini zig'ircha ham qiziq emas, sababi Argentina - Belgiya bilan o'ynaydi.
Oliy ligamiz o'yinlarga boy emas. Bor yo'g'i 26ta uchrashuv. Lekin shuni ham 365 kunga to'g'rilab sig'dira olmayotganimiz achinarli. Bahor va kuzda ajoyib havo harorati bo'ladigan bir paytda, yozning issig'ida jizzadek qovurilamiz. Muxlislarga yaratilgan sharoitlar 10 ballik tizimda "0"ga teng. Hatto 0.01 ham emas. Oliy liga - 2014da Zomin va Andijondagidan boshqa hamma stadionda bo'ldim. Tribunada o'tirgan muxlis bir qultum suvga zor. Kim keladi bunaqa sharoitdagi stadionlarga? Uchrashuv komissarlari qaerga qarayapti? Kechirasiz, VIPda PFL xodimlari uchun eng alo sharoit yaratilishi yoddan chiqdi, ammo ularga aytishim mumkinki, bu sharoitlar faqat sizlarda, atrofingizdagi sektorlarga bir razm soling? Ha, to'g'ri aytasiz, suv qo'yib nima qilishadi, muxlisni o'zi yo'q-ku!
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar