So’nggi yangiliklar

13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  0 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" учрашувидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  22 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  18 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  13 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7

SHveycariya murabbiyi Evro-2020'dagi yomon startdan so'ng mamlakatiga ochiq xat yozdi. Buni o'qish kerak Yangiliklar

SHveycariya murabbiyi Evro-2020'dagi yomon startdan so'ng mamlakatiga ochiq xat yozdi. Buni o'qish kerak

Vladimir Petkovich CH Media gazetasiga ochiq xat yozdi.

SHveycariya mo'jiza yaratdi: 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchrayotganda o'ziga keldi, penaltilar seriyasida Franciyani o'z uyiga kuzatib yubordi. Ertak qahramonlaridan biri bosh murabbiy Vladimir Petkovichdir. U jamoasini Jahon chempionlariga qarshi etarli darajada tayyorladi, o'zgarishlar orqali o'yinga burilish yasay oldi (Gavranovich gol urdi, Mbabu golli pas berdi) va hozirda ular g'alabani tantana qilmoqda. Vaholanki, bundan o'n ikki kun oldin shveycariyalik muxlislar Uels bilan achinarli o'yin namoyish etgani (1:1) hamda Italiyaga qarshi chorasiz qolganidan (0:3) so'ng Petkovichni bisotidagi bor "shirin so'zlar" bilan siylashgandi. Murabbiy esa bu munosabatga jim turolmadi — u CH Media gazetasiga ochiq xat yozdi.

Ushbu maktub mazmuni bilan tanishing:

Bizlar va butun SHveycariya bilan faxrlanishingiz uchun sizlarga mo'jizali kechani taqdim etmoqchi edik. Uzoq muddatli pandemiya tufayli ko'plab qiyinchiliklardan so'ng muxlislarni Italiya ustidan qozonilgan g'alaba bilan xursand qilmoqchi edik. Uchrashuvga uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rdik. Lekin umidlarimiz puchga chiqdi. Siz uchun, o'zimiz uchun hamda jamoani Rimda qo'llab-quvvatlagan to'rt ming shveycariyalik uchun umidsizlikka tushib qoldik.

Biz bundan judayam afsusdamiz.

Jamoa 26 maydan buyon birgalikda istiqomat qilmoqda: maydon, mehmonxona, oshxona, yotoqxona, bari bir joyda. Barcha o'yinchilarni bir maqsad birlashtiradi — boshqa jamoalarni mag'lubiyatga uchratib, siz va mamlakat uchun shodlik ulashish; har daqiqa va har soniyada eng zo'ri bo'lish.

Terma jamoani ko'p muhokama qilasizlar, uning muammolari haqida o'qib, bahslashasizlar. Men va shogirdlarim diqqat markazida bo'lamiz. Biz har doim siz kutgan narsalarni amalga oshira olmaymiz. Lekin hamisha talablaringizga munosib bo'lishga harakat qilamiz. Afsuski, bunga har doim muyassar bo'la olmaymiz.

Biz katta oilamiz. Ziddiyatlar bo'lishi tabiiy, ammo biz birgalikda muammolarni hal qilamiz, birlashamiz va olg'a davom etamiz.

Sizni ishontirib aytamanki, biz har bir o'yinga puxta, tirishqoqlik bilan va aniq maqsad asosida tayyorlanamiz. Ertaga yangi davr boshlanadi.

Italiya bilan o'yinda terma jamoani g'alaba qozonadigan darajada tayyorlay olmadim. Ammo Turkiyaga qarshi o'yinda pley-offga chiqishimiz uchun yana bir imkoniyat bor. Hal qiluvchi bahsda biz nafaqat taktik jihatdan to'g'ri o'ynashimiz, balki o'z qadriyatlarimiz va fazilatlarimizga rioya qilishimiz kerak: hamjihatlik, yaxshi kayfiyat va hurmat. Biz buni amalga oshiramiz.

Kecha Yan Zommer safimizga qaytib keldi — u ota bo'ldi. Qizining ismi Nayla. Bu butun jamoaga ajoyib lahza baxsh etdi. 

Yodingizda bo'lsin: futbolchi va murabbiylarning ham o'z hissiyotlari, qo'rquvlari va quvonchlari bor. Boshqalar singari biz ham ojizmiz.

SHuning uchun biz o'yindan oldin sizlarning qo'llab-quvvatlashingizga muhtojmiz.

Yakshanba oqshomida sizga baxt ulashish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Biz jamoa va SHveycariya bilan faxrlanamiz.

Hurmat bilan, Vladimir Petkovich.


Oqil Abdubarnoev tarjimasi

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика