So’nggi yangiliklar

23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  0 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  0 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  2 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  16 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  5 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  117 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  2 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   2 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  13 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2

Vladimir Bubanya: "Oxirigacha "Andijon" javobini kutdim" Yangiliklar

Vladimir Bubanya: "Oxirigacha "Andijon" javobini kutdim"

"Xorazm" jamoasining yangi azosi Vladimir Bubanya saytimizga kichik intervyu berdi.

- Vladimir,  Superligadagi dastlabki g'alaba bilan tabriklayman. «Andijon»da triumfal mavsum o'tkazib, qishki transferlar oynasida "Xorazm"ga o'tdingiz. "Xorazm" taklifi qanday paydo bo'ldi? Tayyorgarlik qanday o'tdi va jamoaga moslashish jarayoni qanday kechyapti?

- Haqiqatdan ham, bu mavsum «Xorazm» uchun omadli bo'ladi deb umid qilaman. Jamoa 15 yillik tanaffusdan so'ng Superligaga qaytdi. "Xorazm" varianti, «Andijon»dan rasman ketganimdan keyin paydo bo'ldi. Ular menga taklif bilan chiqishdi. Klub direktori bilan oldin birga o'ynaganmiz. Shuningdek, bu erdagi futbolchilarning yarmi bilan birga yoki ularga qarshi o'ynaganman. O'ylashimcha, yaxshi jamoa yig'ildi. Hozircha bir-birimizni to'liq tushunishda kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda, lekin bir-birimizga moslashish uchun bir oy vaqtimiz bo'ldi. Turkiyada va shu erda yig'in o'tkazdik. Chempionat davom etar ekan, o'yinimiz ham yaxshilanib borishiga ishonaman.

- Superliganing boshqa jamoalaridan takliflar bo'lmadimi? «Andijon»da etakchilardan biri edingiz, ustiga-ustak liganing eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri sifatida tanildingiz...

- Juda ham katta takliflar bo'lmadi, chunki men oxirgicha «Andijon» javobini kutdim. Klub yanvar oyining so'ngida yakuniy qarorni qabul qildi, o'sha vaqtga kelib esa ko'pchilik jamoalar tarkibini to'ldirib bo'lgan edi. Shu bois men «Xorazm»ni tanladim. Endi shu erdaman va yaxshi o'yin ko'rsatamiz deb umid qilaman.

- «Xorazm»ning yangi mavsumdagi maqsadlari qanday? Jamoa uzoq tanaffusdan so'ng Superligaga qaytdi...

- Biz yaxshi jipslashgan jamoa shakllantirishimiz va o'yinimizni yaxshilashimiz kerak. Agar mavsum so'ngida, musobaqa jadvalining o'rtasida bo'lsak, bu biz uchun yaxshi natija bo'ladi.

- Yaqinda «Xorazm» Doston Tursunov bilan shartnoma imzoladi. O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi o'tgan mavsumni Eronda o'tkazdi. Jamoaning himoya chizig'i haqida nima deya olasiz? «Xorazm» endigina Superligaga qaytganiga qaramay, markaziy himoya chizig'ini yaxshigina kuchaytirib oldi...

- Doston bilan birga o'ynayotganimdan juda xursandman. Albatta, u tajribali va kuchli futbolchi, nafaqat O'zbekiston, balki butun Osiyoda nom qozona olgan. Lekin faqat Doston emas, bizda boshqa yaxshi futbolchilar ham bor. Men bu jamoaning bir qismi bo'lganimdan xursandman va bunday futbolchilar bilan bir jamoada bo'lish quvonarli.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика