So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  2 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  11 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  21 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

SHuhrat Rahmonqulov: "Vazifamiz "Paxtakor"ning falsafasiga mos" Yangiliklar

SHuhrat Rahmonqulov: "Vazifamiz "Paxtakor"ning falsafasiga mos"

O'zbekistonlik futbol muxlislari anchadan buyon bo'sh darvozaga kirib ketayotgan to'pga shunchaki, oyoq qo'yadigan emas, balki to'pni himoyachilardan olib qo'yib, ularga qarshi keskin kurashda (bazan bu kurash qo'pol tus ham oladi) o'zlariga vaziyat yaratib, gol uradigan to'purarlarni ko'rishmayapti va bundaylarni sog'inishdi.
Boshqacha aytganda, o'z faoliyatlari davomida 100tadan ko'p gol uradigan goleadorlarni. Yaqin o'tmishning shunday hujumchisi bilan CHilonzor stadionida uchrashdim. Ushbu o'yinchi - 1971 yilning 19 aprelida tug'ilgan SHuhrat Rahmonqulov (Rahmonqulov aslida asosan yarim himoyachi sifatida to'p surgan - IF. izohi). SHuhrat hozirgi kunda Paxtakor FKga qarashli futbolga ixtisoslashtirilgan 16-BO'SMda direktor lavozimida ishlamoqda. Takidlash joizki, ushbu dargoh tarbiyalanuvchilari Paxtakor akademiyasining yaqin kelajakdagi zaxira o'yinchilari hisoblanishadi. Mamlakatimizning amaldagi chempioni akademiyasi xususida gazetamizda ko'p marotaba to'xtalganmiz, shuningdek, uning tizimi xususida klubning sport ishlari direktori Grigoriy Ceytlin bilan suhbatimizda atroflicha so'z yuritganmiz. Bu safar gap akademiyaning quyi bosqichi hisoblangan ixtisoslashtirilgan maktab to'g'risida boradi. Albatta, uning direktori haqida ham alohida to'xtalmaslikning iloji yo'q. Demak, muloqotimiz avvalida SHuhrat Rahmonqulovning futbolchilik faoliyatida erishgan asosiy yutuqlarini qisqacha esga olamiz.

1995 yil: MHSK - kumush medal; 1996 yil: MHSK - bronza medali; 1997 yil: MHSK - oltin medal;  1998-1999 yillar: Nav-bahor - bronza medali; 2001 yil: Paxtakor - kumush medal. Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi azosi, O'zbekiston chempionatida 108ta, mamlakat kubogi bahslarida 19ta, qita kuboklari doirasidagi uchrashuvlarda 2ta, milliy terma jamoamiz tarkibida 5ta, jami 134ta gol muallifi.

Tan olaylik, ko'pchilik futbolchilar havas qiladigan va ularga o'rnak bo'ladigan faoliyat!  Suhbatni Toshkent shahar birinchiligi bahslari o'tkazilayotgan CHilonzor stadionida ishchan ruhda boshladik.

- SHuhrat, kel, yaxshisi, men hech narsa so'ramayman. Muloqotimiz avvalida sen o'zing rahbarlik qilayotgan maktab, uning oldiga qo'yilgan vazifalar, sharoitlar, yordam berayotgan homiylar, BO'SMga bolalarni qabul qilish qoidalari va ularning istiqboli, qo'l ostingda ishlayotgan yordamchilaring xususida to'liqroq to'xtalib o'tsang...  

- 16-BO'SMga 2013 yili rahbar sifatida tayinlandim. Oldimda birinchi navbatda yaxshi kadrlar - kuchli murabbiy va mutaxassislarni tanlash vazifasi turardi. Albatta, bu borada Paxtakor rahbariyati bilan alohida maslahatlashdik. Axir buyuk jamoamizning yuqori maqomini qo'llab-quvvatlashimiz shart. Bunga barcha murabbiy va futbolchilar rioya etishlari lozim. Murabbiylarning vazifalari klub va uning akademiyasiga yaqin kelajak uchun zaxira o'yinchilarini tayyorlashdan iborat. Yani qo'l ostimizdagi eng yaxshi bolalarning Paxtakor akademiyasiga bemalol  o'tishlarini taminlashimiz talab etiladi. To'g'ri, buning uchun avvalo, ularning o'zlari intilishlari kerak.

Paxtakorning O'zbekiston chempio­nati birinchi va ikkinchi ligalarida ham jamoalari bor. O'quvchilarimizning ayrimlari ushbu jamoalar tarkibiga qabul qilinganlar. Maktabimizda tahsil olishgan futbolchilardan hech biri (shu jumladan, yurtimizda Paxtakorga qarashli bo'lgan barcha o'yinchilar ham) izsiz yo'qolib ketmaydi. Klub barcha o'quvchilar, yani akademiyani tamomlaguncha tahsil olgan futbolchilarga jamoa topib beradi. Buni o'zim rahbarlik qilayotgan BO'SM misolida olsak, maktabimizni o'quvchilar 16-17 yoshlarida tamomlashadi. Lekin bungacha ular keskin raqobat ostida bo'ladilar. Bolalar ko'p va ularning hammalari Paxtakorda to'p surishni xohlashadi (boshqa akademiyalarda ham shunday holatni kuzatish mumkin).

Hattoki, ota-onalar o'z o'g'illarini boshqa viloyatlardan olib kelib, ularni shu erdagi oddiy umumtalim maktablariga joylashtirishga harakat qilishadi, farzandlari uchun uy yoki xonadon topishadi. Faqatgina farzandlari futbol o'ynashsa, bas. Agar bola akademiya talablariga javob bersa, u 7-sinfdan boshlab, maxsus akademik guruhda tahsil oladi. Qisqasi, bolakay futbolchi sifatida o'sishi va mahorati oshishiga yordam sifatida klub hisobidan o'qiydi, yashaydi. Maktabimizning ish principi shunday. Bu o'rinda havas qilgudek sharoitlarni yaratib bergan Paxtakor klubi etiborini alohida qayd etish joiz.

O'quvchilarimiz 2ta alo sifatli maydonda mashg'ulotlar o'tkazib, futbol o'ynashadi. Ishlash uchun sharoitlar va maktab taminoti alo darajada. Samvel Babayanning shaxsan o'zi ishlarimizni nazorat ostiga olgan va shu bilan birga murabbiylar shtabimizga butkul ishonadi.

- Endi maktab tarixi to'g'risida ham biroz malumot bersang...


- Mazkur BO'SMga 1982 yili Sobir Rahimov tumani Xalq talimi bosh-qarmasi tomonidan asos solingan. Oldinlari bu erda taqsimot bo'yicha ish olib borilgan: maktab qoshida futbol to'garaklari faoliyat yuritgan. Keyinchalik maktab o'sha tumanning Agregat stadionida markazlashtirilgan.

2007 yilning 31 yanvarida mazkur maktab Paxtakor FK boshqaruviga o'tkazildi. O'shanda barcha darajadagi o'yinchilar tayyorlash sifatini oshirishga oid futbolni rivojlantirish borasida qaror qabul qilingandi. 2013 yili shu erga, yani CHilonzor stadioniga ko'chib o'tdik. Bu erda maktabni men qabul qilib oldim. Turli yillarda mazkur BO'SMda mamlakatimiz futboli rivojiga munosib ulush qo'shishgan taniqli murabbiylarimiz faoliyat yuritishgan: Yuriy Gospodarchuk, Lavrentiy Iluridze, Ravshan Yunusov, Ahmadjon Musaev, Dilshod Nuraliev... O'tgan vaqt davomida murabbiylar shtabi va futbolchilar o'rtasida talim berish hamda metodika sohasida ancha o'sish kuzatildi. Ayni payt biz poytaxtimizdagi etakchi klublar va akademiyalarga munosib raqobat ko'rsatyapmiz. Masalan, o'tgan yili 3-o'rinni egallab, sovrindorlar qatoridan joy oldik. Tabiiyki, bu bilan kifoyalanib qolmoqchi emasmiz. Albatta, Paxtakor va Bunyodkor jamoalari akademiyalari asosiy tarkiblaridagi futbolchilar ancha kuchli. Ammo bizning o'quvchilar ham ulardan o'rnak olishadi va akademiyaga kirish uchun intilishadi. Igna bilan quduq qazishadi maqoli bizning o'quvchilarimizga atalgandek.

- Mavsum davomida qanday musobaqalarga ko'proq etibor qaratiladi?


- Albatta, Toshkent chempionati va Navro'z kubogiga. Murabbiy va bolalar uchun asosiy imtihon esa, mamlakatimizning professional futbol klublari qoshidagi BO'SM hamda sport internatlari o'rtasida har yili ananaviy tarzda o'tkaziladigan respublika birinchiligi hisoblanadi. Uning doirasida professional futbol jamoalari qoshidagi katta va kichik yosh guruhlari uchun turnirlar o'tkaziladi. Musobaqada akademiyalarning bitiruvchi sinflari jamoalari ishtirok etishadi. Boshqacha aytganda, bizning o'quvchilarimizdan biroz katta o'yinchilar. Ularning ortidagi yosh toifasida esa dargohimiz tarbiyalanuvchilari va bizga o'xshash maktab va internatlar o'quvchilari qatnashadilar. Barcha turnirlardagi vazifamiz Paxtakor klubi falsafasiga mos tushadi: doimo va hamma joyda g'alaba qozonishga harakat qilamiz! Ushbu vazifa qanchalik qiyin bo'lmasin, tarbiyalanuvchilarimiz uchun Paxtakor FK rahbariyati oldida qizarishni xohlamaymiz.  

- Faoliyating davomidagi birorta qiziqarli voqeani so'zlab bera olasanmi? SHoyad, bu yoshlarga ibrat bo'lsa...


- Futbolchilik davrimda ko'plab qiziqarli voqeliklar yuz bergan. Bunga misol tariqasida barcha zamonlar uchun muhim sanalgan bitta ibratli voqeani keltirmoqchiman. Faoliyatim davomida shunday vaqt ham bo'ldiki, o'zimni barcha narsani biladigan bilimdon va aqlli, deb hisoblaganman. Menga hamma narsa mumkin va buning uchun kechirishadi qabilida o'ylaganman. Buning oqibatida uchrashuvlar davomida hakamlar bilan juda ko'p tortishadigan bo'ldim. Bir marta o'rtoqlik o'yinida qandaydir vaziyatda referiga etiroz bildirdim. O'shanda MHSK tarkibida o'ynardim. Hakam menga sariq kartochka ko'rsatdi. Men esa Sariq kartochka bo'lsa, nima? Boshqa kartochka ko'rsatmaydi, degan xayolga bordim. Keyingi vaziyatda yana o'z fikrimni bildirib, u bilan ochiqchasiga bahslashdim va shu zahoti ko'z o'ngimda qizil kartochka ko'rdim. Tez orada navbatdagi o'rtoqlik bahsida maydonga tushdik. Bunisi rasmiy o'yinga tayyorgarlik jarayonini o'tab berar va unda o'z mahoratimni to'liq namoyish etib, asosiy tarkibdan o'rin olishga loyiqligimni isbotlashim talab etilardi. Bunday qarasam, oldingi uchrashuvni boshqargan o'sha hakam. O'yin boshlandi. Men darrov unga yana etiroz bildirdim: Nimaga o'tgan uchrashuvda meni maydondan chetlatding? Hammasi mening qo'limda, deb o'yladingmi? Bunga javoban shu zahoti yana qizil kartochka bilan jazolandim. SHundan so'ng intizomga qatiy rioya qilishga odatlanib, hakamlarga munosabatimni jiddiy tarzda o'zgartirdim. Menga o'sha ikkinchi dars - ikkinchi o'yin ancha foyda bergandi. Birinchidan, jamoamizni yana uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq qiyin ahvolda qoldirgandim, ikkinchidan, yaxshigina jarimaga tortildim, uchinchidan, hakamlardan G'alamis nomini orttirdim... Buning davomi shart emas, shuning o'zi etarli! Lekin men o'zgardim va referilar ham buni sezishdi. CHunonchi, keyinchalik umuman qizil kartochka olmadim va barcha vaziyatlarda aql bilan ish yuritdim. Yosh futbolchilarga shunday murojaat qilmoqchiman: hech qachon boshqalarga taqiqlangan narsa men uchun mumkin, deb o'ylamang. Yana zinhor nimagadir erishdim, deb hisoblamang!

- Fikringga qo'shilaman. Seningcha, oldingi davrga qaraganda, futbolimizda o'sish bormi?

- Ikki davrdagi sharoitlarni o'zaro solishtirsak, osmon va erchalik farq bor! Boshqa ko'plab omillar, jumladan, hayotda yuz beradigan kutilmagan holatlar uchun futbolchilarning ijtimoiy himoyasi borasida ham shu fikrni bildirish mumkin. Hozirgi payt mashg'ulot o'tkazish, talim olish va tiklanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O'quvchilar ixtiyorida ajoyib baza va stadionlar bor. Biz esa boshqacha maydonlarda to'p surganmiz, boshqacha kiyinish xonalarida libos almashtirganmiz, g'alati shartnomalar tuzganmizki, u bilan o'z huquqimizni isbotlay olmasdik. Hozirgi bolalar hamma narsaga egalar, hattoki, jamoaga yangi kelgan futbolchilar ham.

O'yin sifati borasida to'xtalsam, bizning davrimizda qancha kuchli hujumchilar bo'lishgan?! O'shanda yigitlar qancha gol urishgan? Har bir klubda mohir to'purarlar o'ynashardi: Igor SHkvirin, Furqat Esonboev, aka-uka Do'rmonovlar, Ravshan Bozorov, SHuhrat Maqsudov, Oybek Usmonxo'jaev, Jafar Irismetov... Bitta mavsum davomida etarlicha gollar urgan hamda to'purarlik unvonini qo'lga kiritish uchun kurashgan yana ko'plab o'yinchilar bor edi (bu o'rinda SHuhrat o'z ism-sharifini keltirmay, kamtarlik qildi. O'sha payt u ham dadil to'purar hujumchi edi). Ayni payt menimcha, bunday futbolchilar kam. Endi gol urishga iqtidori bor o'yinchilarni sinchiklab izlash va ular bilan qatiy tarzda ishlash kerak. Bu borada murabbiy ham o'z sezgisini to'liq namoyish etishi lozim.

Yana o'zim rahbarlik qilayotgan BO'SMga qaytsam, shahar birinchiligi oliy ligasida, mayli, 6-8ta jamoa ishtirok etsin va biz 3-4 davra o'ynaylik. Lekin hozirgidan farqli o'laroq, raqobat kuchayadi. Boshqalar bundan o'rnak olib, shu darajaga chiqishga intilishadi. SHunda futbolchilarimiz kuchli va sermahsul o'ynashadi, oliy ligamiz va xorij chempionatlarida to'p surishadi...

P.S: mazkur suhbat nisbatan qisqartirilgan shaklda berildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика