Nukus shahridagi "Turon" stadioni 2026 yilgi mavsumga tayyor bo'ladi
10 noy 15:16
Yangiliklar
Nukus shahridagi "Turon" stadioni 2026 yilgi mavsumga tayyor bo'ladi
Shuningdek, PFL rahbari Qoraqalpog'iston Jo'qorg'i Kengesi raisi Amanbay Orinbaev bilan ham uchrashgan. Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, "Turon" stadioni 2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmiga tayyor bo'lishi ko'zda tutilgan. Biroq ayni vaqtda stadionni kelasi yilning mart oyiga so'ngiga qadar foydalanishga topshirish uchun harakat boshlangan. Mazkur masala "Aral" klubining Superliga yo'llanmasiga ega chiqishi masalasi bilan bevosita bog'liq bo'lishi mumkin. 14 dekabr kuni "Aral" o'tish o'yinida Superliga klubiga qarshi kurash olib boradi.
Ayni vaqtda "Aral" bilan bog'liq ikki holat uchun rejalar ishlab chiqiladi. Klub Superligada ishtirok etsa, ochilish o'yini yangi stadionda o'tishi uchun barcha vositalar ishga solinadi. Yo'llanma qo'lga kiritilmagan taqdirda ham "Aral" 2026 yil baribir "Turon" stadioniga qaytadi va katta ehtimol bilan klub smetasida sezilarli o'zgarish yuz beradi va barcha kuch hamda imkoniyatlar "Aral"ni Superligaga olib chiqish uchun yo'naltiriladi.
Qayd etish kerak, PFL Superliga geografiyasini kengaytirish ustida ishlamoqda. O'tgan mavsum qator qarshiliklarga qaramay, PFL "Xorazm" klubining Superligada ishtirok etishi uchun oxirgi soniyalarga qadar reglament bandlarini himoya qilgandi. Ayni vaqtda "Turon" stadionini katta futbolga tayyorlash ishlari ham shu yo'sinda olib borilmoqda. Nukusdagi stadionga FIFA sifat darajasiga javob beradigan eng so'nggi turdagi suniy maydon yotqiziladi. "Xorazm"dagi qoplama sifati ham xuddi shu kabi barcha talablarga javob beradi va ayni vaqtda Urganchdagi stadionga allaqachon katta futbol qaytib ulgurgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar