“SHtutgart” ustozi istefoga chiqarildi
21 apr 2019 09:50
Yangiliklar


“SHtutgart” ustozi istefoga chiqarildi
“SHtutgart” bosh murabbiyi Markus Vayncirl va murabbiylar shtabi istefoga chiqarildi.
Germaniya chempionatining navbatdagi turida “SHtutgart” “Augusburg”dan yirik (0:6) hisobda mag'lub bo'ldi va so'nggi to'rt uchrashuvning uchtasida imkoniyatni boy berdi.
Bundesligada 30 ta turdan keyin “SHtutgart” 18 jamoa orasida 16-pog'onada bormoqda.
“SHtutgart” o'rinbosarlarini boshqarib kelgan Niko Villig bosh jamoaga vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar