So’nggi yangiliklar

00:56Влаховичга "Барселона", "Бавария" ва "Милан" қизиқиш билдирмоқда  0 00:33Винисиус 2025 йил охирида депрессиядан қийналаётган Араухога қўнғироқ қилган  0 00:20АПЛ. "Манчестер Сити" – "Фулхэм". Ҳусанов захирада (онлайн ҳисоб)  21 00:14АПЛ. ​"Сандерленд" – "Ливерпуль". Бошланғич таркиблар маълум!  4 00:09"Тоттенхэм" "Реал" ҳимоячисини трансфер қилиш бўйича музокараларни бошлади  2 00:00Германия кубоги. "Бавария" – "Лейпциг". Таркиблар аниқ!  0 23:35Бубаня "Металлург" ихтиёрига етиб келди  1 23:07"Тоттенхэм"ни бошқариш учун номзодлар маълум  4 22:40ОКМК назорат ўйинида "Ротор"га ютқазди  0 22:13"Барса" президентлигига номзод Виктор Фонт: "Клубнинг "Реал" эмас, Месси билан алоқани узганини кечириб бўлмайди"  8 21:28ОЧЛ 2. Туркманистонга юлдузларсиз борган "Ал Насср" "Аркадағ"ни мағлубиятга учратди  1 21:05Эшитдик-да! "Нефтчи"нинг легионер ҳужумчиси "Қўқон-1912"га ўтишга яқин  10 20:38Тарихда шу кун. Ўзбекистон - Баҳрайн 0:1, Нестеров йиғлаган оқшом  6 20:28"Реал" ва УЕФА Европа футболи манфаати йўлида келишувга эришишди  14 19:56"Мадрид ўз тарихидаги шармандаликни яширмоқчи!" — Тони Фрейша "Реал"ни қоралади  19

Reshfordning kelajagi mavsum yakunlangach malum bo'ladi Yangiliklar

Reshfordning kelajagi mavsum yakunlangach malum bo'ladi

"Aston Villa" ijarada muddati yakunlangach, forvardni MYUdan to'liq sotib olishni rejalashtirmoqda.

Markus Reshfordning kelajagi faqat mavsum yakunida aniq bo'ladi. The Independent xabar berishicha, "Aston Villa" ijara muddati tugagach, "MYU" hujumchisini to'liq transfer qilishni istayapti. O'z navbatida, mankunianliklar APL moliyaviy qoidalariga yanada yaxshiroq rioya qilishlari lozim. Shuning uchun Reshfordni imkoni boricha qimmatroqqa sotish kerak bo'ladi. Katta ehtimol bilan, Amorim Reshfordni keyingi mavsum rejalariga kiritmaydi.

Shu bilan birga, "Man Yunayted" "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkinsga qiziqish bildirmoqda, ammo muzokaralarning murakkabligi sababli bu transferni Reshford xaridiga bog'lab bo'lmaydi. 

Reshfordning o'zi "Aston Villa"dagi o'rni, jamoa va bosh murabbiy Unai Emeri bilan munosabatlaridan mamnun. Biroq, Markus va uning yaqinlari yozgacha futbolchining keladagini muhokama qilishni rejalashtirmayapti, chunki futbolchi mavsumning qolgan qismiga, Angliya kubogi va Chempionlar ligasiga yo'llanma olishga bor etiborini qaratmoqda.

Reshford qishki transfer oynasida "Aston Villa"ga o'tgandi. U birmingemliklar safida 17 ta o'yinda 4 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика