So’nggi yangiliklar

09:55Самвел Бабаян Суперкубокни ким олади деган саволга жавоб берди  5 09:27Гвариола Винисусни қандай тўхтатмоқчилиги ҳақидаги саволга жавоб берди  6 08:59Про лиганинг янги иштирокчиси "Ғазалкент" клуби деярли 95 фоиз футболчи билан 3 йиллик шартнома тузибди  0 08:33"Пахтакор"нинг мағлубиятидан сўнг Машарипов ижтимоий тармоқдаги саҳифаси пост жойлади  13 08:07Самвел Бабаян Остон Ўрунов ҳақидаги саволга жавоб берди  7 07:40Суперлига. Бугун яна 3 та баҳс бўлиб ўтади  4 07:15Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" 0:2  2 07:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" — "Барселона" 1:1  22 03:00ЕЧЛ. "Атлетико" "Тоттенхэм"ни, "Бавария" "Аталанта"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ҳолда кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилишди  42 02:50ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади  146 02:04Отабек Нарзуллаев: "Суперлига тезлигига тезроқ кўникишимиз керак"  0 01:32Акмал Рустамов: "Бешинчи ўриндан ҳам юқорида бўлмоқчимиз"  2 00:48БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Ажман"ни мағлуб этиб, муҳим очколарни қўлга киритди  0 00:44Камолиддин Тожиев: "Йигитларни танимадим. Нима бўлганини билмайман..."  21 00:39ЕЧЛ. Дастлабки баҳсда "Галатасарой" ўз уйида "Ливерпул"ни мағлуб этди  47

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Bahrayn 0:1, Nesterov yig'lagan oqshom Yangiliklar

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Bahrayn 0:1, Nesterov yig'lagan oqshom

Sir emaski, Bahrayn terma jamoasi biz uchun tarixdagi eng noqulay raqiblardan biri sanaladi.

Bu yurt vakillari bilan doim turli musobaqalarda to'qnash kelganmiz va aksariyat uchrashvuvlardan ularning qo'li baland kelganini aytishimiz joiz. Roppa-rosa 16 yil oldin shu kuni JCH-2010 saralash bosqchichidan o'rin olgan, “Paxtakor” stadionida o'tkazilgan O'zbekiston – Bahrayn uchrashuvi bo'lib o'tgan edi. Bugun shu o'yin haqida to'xtalishni joiz deb bildik. Zero, mazkur bahsda futbolchilarimiz so'ngi soniyalarda imkoniyatni boy berib qo'yishgan edi.

Keling dastlab Bahrayn bilan kechgan avvalgi uchrashuvlarni natijalariga nazar solsak. 2004 yilgi Osiyo kubogining chorak finalida Bahraynga penaltilar seriyasida engilgan edik, Alo Xubaylning darvozamizga urgan ikki goli yodingizda bo'lsa keraga. Keyingisi esa eng alamlisi, JCH-2006 pley-offida hakam va FIFAning noxolis qarorlari sabab ularga yana keyingi bosqich eshiklarini ochib berdik. 2010 yilgi mundial saralashida esa termamizning yo'llari uchinchi bor Bahrayn bilan kesishayotgandi. Qaysidir manoda ular bilan o'zgacha hisob-kitobimiz bor edi desak noto'g'ri bo'lmaydi.



Toshkentda Avstraliyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng istefoga chiqarilgan Rauf Inileevning o'rniga, uning yordamchisi va murabbiylikda tajribasini oshirib borayotgan Mirjalol Qosimov tayinlanadi. Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak milliy jamoamiz Inileev qo'l ostidagi so'ngi beshta uchrashuvda umuman gol ura olmaganini ko'rishimiz mumkin. O'shanda yangi murabbiy olib kelinsa bo'lardik-u dersiz. Futbolimiz rahbarlari saralashning o'rtasida chetdan boshqa bir murabbiyni olib kelishni joiz deb bilishmaydi, boz ustiga u kelgan taqdirda ham futbolchilarni yaxshi bilmasdi, o'z uslubini singdirishiga esa vaqt ketardi. Bizni oldimizda esa kutishga ortiqcha fursat yo'q edi. Shundoq ham startdagi ikki mag'lubiyatdan so'ng guruhda qiyin vaziyatga tushib qolgandik.

Yaponiya safaridan durang bilan qaytgan Qosimov boshchiligidagi termamiz o'zining birinchi ochkosini ishlagandi. Shu boisdan galdagi bahsga futbolchilarimiz puxta tayyorgarlik ko'rishdi, BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishdi. U erda dastlab Osiyo kubogi-2011 saralashidan o'rin olgan BAA bilan o'yinda ishtirok etib ortga kichik (1:0) hisobida g'alaba bilan qaytishgan bo'lsa, Ozarbayjon bilan o'rtoqlik o'yinida murosa ko'chasini tanlashdi. Bu esa ularga Bahrayn bilan bellashuvga tayyorgarlik vazifasini o'tadi deyishimiz mumkin. Qosimov murabbiyga aylangach bir qator futbolchilar malum sabablarga ko'ra tarkibdan tushib qoldi, Aziz Haydarov, Ilhom Suyunov va boshqalar. Uzoq vaqtdan so'ng esa Eldor Magdeev yana taklif qilindi. Garchi, bu paytga kelib Bahraynda Talal Yusuf yoki Alo Hubayl kabi futbolchilar bo'lmasada qitada o'z darajasini saqlab qolgandi.



11 fevral kuni ushbu o'yinni tomosha qilish uchun ko'plab muxlislar tashrif buyurishdi, 30000dan oshiq odam stadionda futbolchilarni tinmay olqishlab turishdi. Bahraynliklar bilan o'yinda termamizni g'alabadan boshqasi jarga etaklardi. Shu boisdan odatdagidek maydonda dastlabki daqiqalardan to'p nazoratini qo'lga olishdi va bir qancha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Aftidan natija durangga qarab ketayotgandek ko'ringandi. Biroq, malayziyalik hakam Subhiddin Solihning asosiy vaqtga qo'shib bergan daqiqasida raqib futbolchilari jarima zarbasi ishlashni uddasidan chiqishdi. To'p yoniga yaqinlashgan Mahmud Abdulrahmon kuchli zarba bilan Nesterov turgan darvozani ishg'ol qiladi - 0:1. Yana odatdagidek terma jamoamiz so'ni soniyalar qurboni bo'ldi. Bu holat bugunga qadar jamoamiz ishtirokidagi ayrim bahslarda kuzatilayotgani achinarlidir. Manamadagi javob o'yinida ham aynan Mahmud Abdulrahmonning yagona goli raqibning g'alabasini taminladi.

Keyingi turda o'z maydonimizda Qatarni taslim qilgan bo'lsakda, qolgan uchta uchrashuvda raqib darvozasiga yo'l topa olmay juda xunuk tarzda ishtirokimizni yakunlagandik. Janubiy Afrika esa bizga uzoqlik qilgandi.




JCH-2010 saralash bosqichi.

O'zbekiston – Bahrayn – 0:1

11.02.2009. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 30000 tomoshabin.

Bosh hakam:
Subhiddin Solih (Malayziya).

Gol: Mahmud Abdulrahmon 90+4.

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Sahob Jo'raev, Islom To'xtaxo'jaev, Anvar G'ofurov, Server Jeparov, Jasur Hasanov (Vitaliy Denisov, 59) Odil Ahmedov, Eldor Magdeev, Temur Kapadze (Maksim Shackix, 55), Farhod Tojiev (Anvar Soliev, 69).

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov.





Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Uchrashuv rasmlarini taqdim etgani uchun O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
12 fev 17:55:46
Bexzodbek Xoldarov
Xozir Uzbekistonni yutishi uchun Baxrenga 29 ta qovun pishig' kerak
   
12 fev 17:52:28
Bexzodbek Xoldarov
shu kunni eslasam juda bizni federatsiyamiz chumo bolgan diyaveraman.
Mirabror bobo xam rosa yayragan
   
12 fev 12:50:10
Shuhrat Xayriddinov
Usha vaqtda ham xozir ham bahrayin bizdan kuchli bulmagan. Bizni futbolimiz usyapdi real holat Bahrayinda bunday deb bulmaydi. Nestrovni goli shubhali....
   
12 fev 07:43:25
ABDUSALOM ZHURAEV
Деновдан бориб, ўйинни стадионда томоша қилганман. Аламли мағлубият!
   
12 fev 04:40:56
Базор
Хозир Бахрайн биз учун кучли ва нокулай эмас. Футболимиз жамоаси хозир, хам аклан хам жисмонан бу жамоани ортда колдира колади.
   
11 fev 22:47:25
Javlon Samarqand
Тўғри ўша вақтда Баҳрайн биздан бир бош устун эди лекин Ҳозир Бахрайн билан 10 марта уйнасак камида 9 марта йутсак керак
   
11 fev 22:19:42
Soccerland777
Ўшандан кейин хозиргача яъни 16 йил Баҳрайн бизни ютолмади. 1:0, 4:0, 4:2 хисобларида ғалаба қозондик
   
11 fev 21:44:02
Diyorbek Xusanov
Bu oʻyinni stadiondan koʻrgan edim.
   
11 fev 20:59:52
Ўзбек футболининг муҳлиси
Пахтакор стадиони ремонтдан кейин биринчи шу ўйинни ўтказган эди, охиридаги гол жуда аламли бўлганди ростдан
   
11 fev 20:52:27
Salah Muhammad
Таркиб нормалний бўганаканку Менимча юлдузлар кўпайиб кетганакан Хозирги Реал га ўхшаб лекин ўша пайтдаги Баҳрайн ростанам кучли бўган
   
11 fev 20:45:07
Bekzod Sharipov
Assalomu alaykum. Bu o'yinni televizorda ko'rgandim. Hali ham esimda. Jarima zarbasidan gol o'tkazvorgandik. Bahrayn ustozi qo'lini uch marta aylantirib tepaga ko'targandi goldan keyin. O'sha vaqtlarda Bahrayndan revansh olish kayfiyati hali ham mavjud edi. Allohga shukr hozir biz jahon chempionatini naqd qilganmiz. Bahrayn esa o'rtamiyona darajadan pastga tushib ketgan.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика