Reshford uchun mavsum yakuniga etdi
28 apr 2025 21:20
Yangiliklar
Reshford uchun mavsum yakuniga etdi
Reshford kutilmaganda "Villa" "Kristal Pelas"ga qarshi Angliya Kubogi yarim finalida (3:0) mag'lub bo'lgan o'yinni o'tkazib yubordi.
Futbolchining yo'qligi sababi jarohat bo'lib, BBC malumotlariga ko'ra, "Villa"ning Premer-Ligadagi qolgan to'rtta o'yinini ham o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Bu Unay Emeri jamoasi uchun katta yo'qotish bo'ladi, chunki ular mavsum oxirida Premer-Liganing top-5 taligiga kirish uchun astoydil kurashishmoqda.
"Manchester Yunayted"dan qishki transfer oynasi yopilishidan oldin ijaraga olingan Reshford "Villa" safida Premer-Ligadagi 17 o'yinda to'rtta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
"Villa" hali ham Reshfordni 40 million funt sterlingga sotib olish huquqiga ega va bu qaror ko'p jihatdan Birmingem klubining Chempionlar Ligasiga yo'l olishiga bog'liq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar