So’nggi yangiliklar

13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  2 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  1 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0

SHtefan Lixtshtayner: “SHveycariyada faxrlanishga arzirli sabablar bor” Yangiliklar

SHtefan Lixtshtayner: “SHveycariyada faxrlanishga arzirli sabablar bor”

FIFA.com sayti bilan muloqotda SHveycariya terma jamoasi va “Yuventus” himoyachisi SHtefan Lixtshtayner mamlakati futboli yana ishonch uyg'otayotgani, futbolda ruhiy bosimga qanday dosh berishi to'g'risida to'xtalib o'tdi.

"SHveycariyalik ekspress" laqabi bilan mashhur SHtefan terma jamoasi bilan 70dan ortiq uchrashuvda zafar quchgan. “Yuventus”da ham u katta g'alabalarni qo'lga kiritdi.


- Sizni SHveycariyada eng yaxshi futbolchi deb topilganingiz bilan tabriklaymiz. Bu siz uchun nimani bildiradi?

- Bu shaxsiy sovrin. Futbol jamoaviy sport turi va undagi shaxsiy yutuqlar jamoaniki singari muhim emas. SHu bilan birga bu o'tgan va undan oldingi yillarda amalga oshirgan ishlarim uchun mukofotdir. Himoyachi uchun bunday sovrin olish juda qiyin. Bundan xursandman va men uchun bu katta faxr.

- Italiyada 7 yil o'ynadingiz va ko'plab g'alabalarni qo'lga kiritdingiz. Italyancha hayot tarzi sizga juda maqul kelayotgandek.

- Italiya – Evropadagi eng chiroyli mamlakatlardan biri. Unda ko'ngil istaydigan barcha narsa mavjud. Okean, tog'lar, ko'llar, mazali taomlar va asosiysi ajoyib hayot bor. Italiya xalqining mentaliteti yoqadi. Ular ochiq va xotirjam insonlar. Futbolga juda qiziqishadi va Italiyada bu o'yin taktik kurash sifatida etirof etiladi. Urg'u taktikani mukammallashtirishga qaratiladi. Natijada hamisha o'yin tomoshabop chiqmaydi. Boshqa ligalarda o'zgacharoq holatni ko'ramiz. SHu bilan birga italyanlar o'z futbolini qanchalik yaxshi ko'rishi seziladi. Har bir kishida futbolga bog'liq qarashlari bor va u bu bilan o'rtoqlashishni istaydi.

- Futbolni sevadigan yana bir mamlakat Braziliyada SHveycariya ajoyib futbol ko'rsatdi. Ottmar Xitcfeld va Vladimir Petkovich qo'l ostida SHveycariya termasining yangi avlodi etishib chiqdimi?

- Xuddi shunday. SHveycariya terma jamoasida faxrlanishga arziydigan sabablar etarlicha. EVRO-2012ni inobatga olmasa, 2004 yildan beri har bir yirik musobaqa final bosqichiga yo'llanma oldik. SHveycariya kabi kichik davlat uchun bu muvaffaqiyatdir. Jamoada iqtidorlar ko'p va biz to'g'ri yo'ldamiz. Xitcfeld bu ishni boshlab bergandi. O'sha tarkib deyarli o'zgarmay, rivojlanishda davom etdi. Biz-biringizni yaxshi bilsangiz, o'ynash osonroq kechadi. Terma jamoada o'yinchilar 2-3 oyda bir yig'iladi. SHuning uchun o'yin jihatlari ustida ishlash qiyin. Lekin ko'p yillik birga o'ynash tufayli bundan o'tish osonroq. Biz o'yin uslubini o'zgartirib boryapmiz. Yoshlar qo'rquvsiz va rohat bilan o'ynashmoqda. Texnik imkoniyatlar tarafdan o'ta yuqorimiz, faqat jamoa sifatida o'rganadigan narsalarimiz ko'p.

- Petkovich kelgach, nimalar o'zgardi?

- Taktika ustidan ko'proq ishlayapmiz. Bu tarafdan jamoa o'sdi. Petkovich juda yaxshi murabbiy, bizni boshqacharoq tayyorlaydi. U bilan katta yutuqlarga erishdik va bu bilan to'xtab qolmaymiz deb o'ylayman.

- SHveycariya futbolini yaqin yillarda nimalar kutmoqda? Yirik musobaqalarda muvaffaqiyat kutish mumkinmi?

- Buni aytish qiyin. Kimga qarshi o'ynashing ham bunda muhim. Men Braziliyada juda yaxshi o'ynadik deb o'ylamayman. Bazi uchrashuvlarda bemalol yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Argentinaga qarshi ajoyib o'ynadik. Buni hisoblamasak, bor kuchimizni ko'rsata olmadik. Yirik turnirlarda hamisha nimchorak finalga chiqish va balki chorak finalda o'ynash vazifasini oldimizga qo'yishimiz kerak. Bu mumkin, faqat g'oliblik mentaliletini kuchaytirishimiz lozim. Bugun erishgan bilan kifoyalanmasdan yanada yaxshiroq bo'lishga intilish shart.

- Germaniya va Ispaniya bilan solishtirganda SHveycariyaga nimalar etishmaydi?

- Germaniya va Ispaniya – buyuk klublarga ega futbol xalqlari. Ularda hamisha katta resurs va sifat bor. Biroq ular har bir bahsda yutish kerak bo'lgan bosimda o'ynashadi, SHveycariyada esa boshqacharoq. Bizni tez-tez autsayder sifatida qabul qilishadi. Biz asta-sekinlik bilan soyadan chiqishimiz va o'zimizga yangi maqsadlar qo'yishimiz lozim. Evropa chempionatida yaxshi ishtirok etish biz uchun imkoniyat. Daniya va Greciya singari katta bo'lmagan mamlakatlar turnirni faqat favoritlar yutmasligini isbotlashdi. Bunga bizda ham imkoniyat mavjud.

- O'zingizni 2018 yil Rossiyada o'tadigan jahon chempionatida ishtirokchi sifatida ko'rasizmi?

- Hozir etiborimni Evropa chempionatiga qaratganman. O'sha paytda 32 yosh bo'laman va bu futbol uchun kattaroq yoshdir. Biroq hozir ajoyib holatdaman, mashq qilishni yoqtiraman. Yuqori saviyada ko'p o'ynay olishimni his qilaman. Ruhiy tarafdan kuchli ishtiyoqqa egaman. Kurashga chanqoqlik va o'yindan zavq olish hissi har doimgidan kuchli.

- Kurashga chanqoq va o'yindan zavq olishingizga shubha qilmaymiz. Berlindagi “Olimpiashtadion”ga CHempionlar ligasi finalida o'ynash uchun chiqib kelayotganingizda asabiylashganmisiz? O'sha tun nimalar haqida o'ylagansiz?

- O'yin kuni ortiqcha asabiylashmadim. O'zimni xotirjam sezdim va bo'lajak final haqida o'yladim. Har qanday holda 2 soatdan keyin barchasi tugashini bilardim. Lekin o'yindan oldingi hafta mobaynida asabiylashib yurdim. Sovrinni qo'lga kiritish to'g'risida o'yladim. Hamma narsa bir o'yin atrofida jamlangandi, tezroq maydonga tushib, o'ynashni boshlashni xohlardim. Ikki sovrinni qo'lga kiritib, yana bir katta g'alabaga ega chiqishni istardik. Muxlislar va o'yinchilar ham bunga tayyor edi. Orzuni haqqoniylikka aylantirishga tayyor edik. “Yuvenuts” Evropaning buyuk klublaridan biri, biroq unga “Real”, “Barselona” yoki “Bavariya” saviyasigacha hali bor. Bu klublar doimo finalda o'ynab kelishadi. Menga bunday imkoniyat hayotda bir marta bo'lishi haqida fikr keldi. Hozir yoki hech qachon. O'yindan keyin juda xafa edim. Ortga boqib, jamoa bilan o'tgan mavsumda erishganimizdan qoniqaman. O'zimdan ham faxrlanaman. CHempionlar ligasida barcha 13 uchrashuvda to'liq o'ynadim.

- SHunday o'yinlar siz uchun futbolni o'zgacha qiladimi? Futbol siz uchun nima?

- G'oliblik mentaliteti va intilish biz qilayotgan narsalardir. Futbolni futbol o'ynash uchun o'ynayman, uni juda yoqtiraman. Yuqori saviyada o'ynashga arzishimni isbotlash uchun maydonga tushaman. O'zimga qarshi eng kuchli raqiblarni sinab ko'rish va jamoadoshlarim bilan ko'p narsaga erishishni istayman. Maydon tashqarisida ishlar meni qiziqtirmaydi. Professional futbolchi sifatida qaratilgan etibor, boy hayot men uchun juda muhim emas. Aksincha, pullar zamonaviy futbolni oson o'ylangan qilib qo'ymoqda. Xohlovchilarning fikrini aytishi sababli yanada qiyinroq bo'lyapti. SHu sababli SHveycariyaga qaytishni yoqtiraman. Bu erda xotirjam bo'lishim mumkin. Futbolchi ekanligim tufayli qandaydir o'zgacha emasman.


Behzod   NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика