Rasman: "Arsenal" himoyachisi faoliyatini Bundesligada davom ettiradi

Eldor Akmurzayev
20 avg 2019
Joriy yozda Arsenal bilan shartnomasi yakunlangan himoyachi Shtefan Lixtshtayner erkin agent maqomida Augsburg a'zosiga aylandi.

Tomonlar bir yillik kelishuvga erishgan. Shveytsariyalik 35 yoshli futbolchi bugun yangi jamoasi safida tibbiy ko'rikdan o'tdi. U faoliyati davomida to'pchilardan tashqari, Grassxopper, Lill, Lacio, Yuventus kabi klublar safida harakat qildi. 

Lixtshtayner o'tgan mavsum klub va terma safida 24 o'yinda qatnashib, 1+1 natijaga erishdi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: https://twitter.com/FCAugsburg